Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Aholining uzog‘i yaqin, mushkuli oson bo‘lmoqda.


Yurtimizda soʻnggi besh yil ichida barcha sohalar rivojlanib, fuqarolarning mushkullarini oson qilish yoʻlida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, besh yillikning eng katta yutuqlaridan biri tuman, shahar aholisini uzogʻini yaqin, mushkulni oson qilgan, ortiqcha qogʻozbozlik, yugur-yugurlardan holi etgan davlat xizmatlari markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgani boʻldi.

Fuqarolarning mushkulini oson qilishi bilan birga ularni muammolariga yechim topishda davlat xizmatlari markazlari yaqindan koʻmakdosh vazifasini oʻtamoqda. Avvallari fuqarolar bir hujjat ortidan bir necha davlat idoralariga borib oʻz yumishlarini bajargan boʻlsalar hozirga kelib, koʻplab davlat xizmatlaridan bir joyning oʻzida foydalanish imkoniyati paydo boʻlgani yurtdoshlarimizni mamnun etmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi aholiga qulayliklar yaratish yoʻlida olib borayotgan islohotlari fuqarolarning uzogʻi yaqin boʻlishiga xizmat qilmoqda. Birgina, tuman, shahar markazidan olisda joylashgan hududlarda davlat xizmatlari markazining filiali ish boshlagani odamlarni oʻz mahallasidan chiqmagan holda xizmatlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda.

 

Shuningdek, davlat xizmatlari markazi xodimlari aholiga sifatli xizmat koʻrsatish barobarida belgilangan grafik asosida markazdan olisda joylashgan hududlar sayyor xizmat koʻrsatish tadbirlarini ham amalga oshirib bormoqda. Bunda, aholi gavjum boʻlgan savdo komplekslari, mahalla guzarlari, shuningdek, aholi koʻp toʻplanadigan maskanlar tanlab olinadi.

Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tuman Davlat Soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Oqtosh” mahalla fuqarolari yigʻinida joylashgan “Oqtosh dehqon bozori” MCHJ hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar va aholi bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda, tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtish tartibi davlat bojlari va boshqa davlat xizmatlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Shu kuni Oqtosh mahallasi fuqarolariga 25 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilishiga erishildi.

Pop tumanining “Gʻurimsaroy” hamda “Yangiobod” mahallasi tumani markazidan uzoqda joylashgan. Hudud aholisi davlat xizmatlaridan markazga borib foydalanishda qiyinchiliklarga duch keladi. Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida tuman davlat xizmatlarining “Gʻurumsaroy” filiali faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Shunday boʻlsa ham aholini uzogʻini yaqin qilish maqsadida sayyor xizmat tadbirlari amalga oshirib borilmoqda.

Namangan tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Eshobod" mahalla fuqarolar yigʻini raisi va hokim yordamchisi bilan birgalikda targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Targʻibot jarayonida davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari, yuridik texnikum qabuli boʻyicha tushunchalar berildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, 5 ta sayyor davlat xizmati koʻrsatildi.

Mingbulok tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan 22 kilometr uzoqlikda joylashgan “Guliston” mahallasi hududidagi 43-maktabgacha taʼlim tashkilotida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Sayyor xizmat davomida sohadagi yangiliklar, hamda davlat xizmatlari toʻgʻrisida huquqiy tushuntirish berilib, 20 dan ortiq sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

Shuni alohida taʼkidlash joiz, sayyor xizmat tadbirlari davomida keksa nuroniylar, nogironligi bor, kam taʼminlangan fuqarolarga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, Namangan shahar adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Namangan shahar “Beruniy” mahallasida yashovchi 1940 yilda tugʻilgan fuqaro Roʻzaxon aya Muhiddinovani markazga kelish imkoni boʻlmaganligi sababli, Idoraviy notarial arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini berish, Kadastr pasportini shakllantirish, Koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza yuborish boʻyicha sayyor davlat xizmati koʻrsatildi.

Shuningdek, Mingbuloq tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan “Yakkatol” mahallasi, Nurafshon koʻchasida yashovchi 1-guruh nogironi fuqaro Saxodatxon aya Rustamova xonadoniga tashrif buyurib, xonadon egasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish” boʻyicha joyiga chiqqan holda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish tadbiri tashkil qilindi.

Sayyor xizmat tadbirlarini amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad, aholini uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilish hamda ularning vaqti va ortiqcha mablagʻlarini tejalishiga xizmat qiladi.

Muzaffar Qirg'izov,
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
yetakchi maslahatchisi