Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Mehnat ta'tili mobaynida xodimda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holati kuzatilib, kasal bo`lib qoldi. Endi mehnat ta'tili nima bo`ladi?


Mehnat ta'tili mobaynida xodimda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holati kuzatilib, kasal bo`lib qoldi. Endi mehnat ta'tili nima bo`ladi?

O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 145-moddasida mehnat ta'tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko`chirish asoslari belgilangan.

        Ulardan biri xodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davridir!

Xodim mehnat ta'tili mobaynida vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo`lib qolganda, ta'tilning muddati xodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davriga mutanosib ravishda tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik natijasida ta'tilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga ko`chiriladi.

Ta'tilning foydalanilmay qolgan qismini boshqa muddatga ko`chirishda ish beruvchi bilan kelishish talab etiladi. Kelishuvning og`zaki yoki yozma bo`lishining ahamiyati yo`q. Muhimi ish beruvchi bunga rozi bo`lishi lozim.

Misol: xodimga 1-avgustdan 22-avgustgacha 19 ish kunidan iborat mehnat ta'tili berildi. Qarangki, 5-avgust kuni xodimning tobi bo`lmay, hududiy davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qildi va unga 5 kalendar kunga – 5-avgustdan
9-avgustgacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochildi. Bu davrda xodimning salomatligi tiklandi.

Ushbu holatda xodim jami 4 ish kuni (5, 6, 8, 9-avgust) davomida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik holatida bo`ldi.

Endi xodim mazkur 4 ish kuni hisobiga ta'til muddatin uzaytirishni so`rab ish beruvchiga ariza yozdi. Arizaga mehnatga layoqatsizlik varaqasini ilova qildi.

Mazkur holatda mehnat ta'tili muddatini uzaytirish to`g`risida buyruq chiqariladi. Ta'tilning muddati 22-avgustdan 4 ish kuniga, ya'ni 26-avgustgacha uzaytiriladi. Xodimning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi bo`yicha nafaqa to`ladi.

 

Yangi Namangan tuman
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimi
 B.Maxmudov