Янгиликлар
“Adliya ayoli” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Har bir oilaning tinch-totuv, barqaror, xotirjam boʻlishi, farzandlarining sogʻlom va barkamol boʻlishi, oilada sogʻlom muhit, sogʻlom turmush tarzining mavjudligi har jihatdan bir inson zimmasiga tushadi.
Mana shunday masʼuliyatli va va sharafli vazifani chin dildan, hech nolimay boshini magʻrur koʻtarib, hayot qiyinchiliklariga oʻzida kuch topib, atrofdagilariga madadkor inson bu – shak shubhasiz ayollardir.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Adliya ayoli” tanlovi tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirdi.
Mazkur tanlovda Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tuman shahar boʻlimlarida faoliyat olib borayotgan ayollarimizning keng dunyoqarashi va huquqiy bilimlari yana bir bor sinovdan oʻtkazildi.
Unda, viloyat adliya boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan adliya ayollari 3 shartdan iborat tanlovda 7 nafar xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tanlov jarayonida xodimlarning kasbiga boʻlgan sadoqati, bekalik mahorati amaliy tarzda sinovdan oʻtkazildi. Test sinovlarida ishtirokchilar mehnat faoliyatiga oid savollarga javob berdilar. Qonunchilikka bergan takliflar hakamlar haʼyati tomonidan eʼtirof etildi.
Shundan soʻng uchinchi shartda xotin-qizlarning oshpazlik mahoratlariga baho berildi.
Tanlov soʻnggida barcha shartlarda munosib ishtirok etib, oʻzining bilim va salohiyatini namoyon etgan ilgʻorlar saralab olindi.
Natijalarga koʻra, Toʻraqoʻrgʻon tumani adliya boʻlim boshligʻi Farogʻat Razzaqova, uchinchi, Uychi tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi aloqa operatori Shodiya Turgʻunova ikkinchi hamda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Naima Yadigarova birinchi oʻringa munosib topildi.
Naima Yadigarovaga Respublika bosqichida omad tilaymiz!!!
Namangan viloyat adliya boshqarmasi