Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”


Joriy yilning 29-iyunida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-781-son hamda “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-782-son Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinib, bir qator qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Yer, Byudjet, Iqtisodiy protsessual va Shaxarsozlik kodekslariga, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 846-XII-sonli Qonuniga, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuniga, “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonuniga, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi 600-I-sonli Qonuniga, “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi 666-I-sonli Qonuniga, “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonuniga, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuniga, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi 269-II-sonli Qonuniga, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi 710-II-sonli Qonuniga, “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuniga, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-336-sonli Qonuniga, “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-538-sonli Qonuniga, “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-728-sonli Qonuniga, “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-742-sonli Qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan. Qonunning 22-moddasida ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kirishi belgilangan.

Shuningdek, “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-781-son Oʻzbekiston Respublikasining qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 1-fevralda qabul qilingan va Oliy Majlisi Senati tomonidan 2022-yil 28-mayda maʼqullangan, 2022-yil 29-iyunda rasmiy eʼlon qilingan. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi (42-modda).

Ushbu qonunning asosiy maqsadi, jismoniy va yuridik shaxslarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillarini belgilashdan iboratligi nazarda tutilgan.

Yuqoridagi qabul qilingan qonun va qonunlarga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini ishonchli sud ximoyasini taʼminlashga xizmat qiladi.



Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi
Jahongir Sobirovich Musaboyev