Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasi yanada kengaymoqda.


Yurtimizda barcha sohalar qatori Adliya vazirligi tizimida ham ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish sifati yangi bosqichga olib chiqildi. Shuningdek, yuridik xizmat sohasi takomillashtirildi. Adliya vazirligi xodimlari Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘zgarish va yangilanishlarni joyiga chiqqan xolda tushuntirish maqsadida Namangan viloyatida uchrashuv-muloqotlar tashkil etilmoqda.

Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, dastlab Namangan shahri, Qarshi va Marhamat tumanlarida sinov tariqasida jami 23 ta davlat organi va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalariga yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi markazlar faoliyati Adliya vazirl

igi tizimida yo‘lga qo‘yilib, o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, sohaga tajribali kadrlarning jalb qilinishidagi kamchiliklar hujjatlar loyihalarining iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada qabul qilinayotgan qarorlar va boshqa hujjatlar ko‘p hollarda joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda. 

Boshlangan xayrli ish o‘z samarasini ko‘rsatgandan so‘ng, respublikamizning 207 ta tuman shaharlarida adliya bo‘limlari qoshida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etildi.


Hozirda, Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratildi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilib, qog‘ozbozlikka barham berildi.

Adliya vazirligining ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan Namangan viloyatida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.

Mazkur seminarlarda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan barcha tashkilotlar xususan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar xodimlari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqotlar davomida

, eksperiment tartibida bitta maktab hamda bitta bog‘cha tanlab olinib, “E-huquqshunos” elektron tizimi bilan ishlash amaliyoti o‘rgatildi.

Namangan shahrida davom etgan seminarda adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish qamrovini kengaytirish yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar kelgusida huquqiy nizolarni kelib chiqishini oldini olish, shuningdek tashkilot va xodim o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilganini alohida ta’kidladi. 


Seminar so‘ngida ishtirokchilarga yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, shuningdek “E-huquqshunos” dasturining asosiy jihatlarini aks ettirgan maxsus bukletlar tarqatildi. Shunindek, dasturni ishlash tartibi haqida tushuntirishlar berildi. Tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga mas’ul xodimlar tomonidan batafsil javob berildi.





Ulug‘bek Ismatillaev,
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
Boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari