Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Yangilanayotgan Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi


Maʼlumki, mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 24-iyundagi qaroriga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi 2022-yilning 25-iyunidan 5-iyuliga qadar umumxalq muhokamasiga qoʻyilgan edi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 44-moddasida “Har kimga oʻz huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi;
Har bir shaxs oʻzining buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun oʻz ishi vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan oqilona muddatlarda, tenglik, tortishuv va adolat prinsiplari asosida koʻrib chiqilishi huquqiga egaligi;
Har kim Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishi uchun inson huquqlari boʻyicha milliy va xalqaro institutlarga murojaat qilishga haqli” ekanligi belgilanmoqda.
Eʼtiborlisi, yangilanayotgan Konstitutsiyada har bir shaxsga oʻzining buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun inson huquqlari boʻyicha xalqaro institutlarga murojaat qilish huquqining kafolatlanishi konstituttsiya darajasida kafolatlanmoqda.
Bu esa, fuqarolarimiz tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar xalqimizning xohish-istagi, ezgu maqsadlari ifodasi, mamlakatimizdagi demokratik islohotlarning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.


Toʻlqinboyev Islomjon Baxodiri oʻgʻli,
Namangan viloyat adliya boshqarmasi
katta maslahatchisi