Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi faoliyat sarhisobi
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan “Ijro intizomi — islohotlar garovi” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni joriy qilish vazifasi yuklatilib, Farmon bilan ijro intizomini mustahkamlash borasida Adliya vazirligiga bir qator yangi vazifalar yuklatildi.
Oʻz navbatida, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muntazam ravishda oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha tegishli taʼsir choralari, ogohlantirish hamda umumlashma axborotlar kiritib borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, 2022-yil 2-chorak yakuniga qadar (2022-yil 23-iyun holatiga) viloyat boʻyicha Ijro.gov.uz ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali ijro uchun jami 1 068 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari kelib tushgan boʻlib, shulardan: farmon – 164 ta, qaror – 581 ta, farmoyish – 27 ta, bayon – 296 tani tashkil qilgan.

Mazkur hujjatlarga asosan jami topshiriqlar soni 8 112 ta boʻlib, shulardan: 1 226 tasi farmonlar boʻyicha, 3 745 tasi qarorlar boʻyicha, 170 tasi farmoyishlar boʻyicha, 2 971 tasi bayonlar boʻyicha kelib tushgan.

Kelib tushgan jami topshiriqlarning 1 859 tasi (yoki 3,7 foizi) muddatidan kech bajarilib, ushbu topaashiriqlar farmonlar boʻyicha – 290 ta, qarorlar boʻyicha – 660 ta, farmoyishlfr boʻyicha – 28 ta, bayonlar boʻyicha – 881 tani tashkil qilgan.


Boʻlim tomonidan oʻtgan 2022-yilning 6 oyi davomida topshiriqlar ijrosini oʻrganish va monitoringlar qilish, tegishli taʼsir choralari qoʻllash va sohani yanada takomillashtirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan:
I. Oʻrganish va monitoringlar oʻtkazish sohasida:
Boʻlim tomonidan joriy yilda 3 ta oʻrganish (Davlat soliq xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi tizimida) oʻtkazildi.
Shuningdek, boʻlim tomonidan vazirlikning topshirigʻiga asosan 22 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha axborot va tahliliy maʼlumotnomalar vazirlikka taqdim etildi.
Ijrosi bevosita hududlarda amalga oshirilishi nazarda tutilgan topshiriqlar boʻyicha bajarilgan amaliy ishlarni “joyiga chiqib oʻrganish” amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
II. Taʼsir choralar kiritilishi boʻyicha:
Boʻlim tomonidan joriy yilda oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasi boʻyicha aniqlargan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan 4 ta taqdimnoma, 80 ta ogohnoma, 52 ta koʻrsatma hamda viloyat hokimligiga 4 ta tahliliy maʼlumotnoma va xatlar kiritildi.
Kiritilgan 3 ta taqdimnomalar natijasi boʻyicha topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan deb topilgan jami 15 nafar xodimlarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, 42 mln. soʻmdan ortiq ish haqlari toʻlab berildi.
III. Huquqiy targʻibot sohasida:
Boʻlim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari, ularning mazmun-mohiyati hamda ijrosini tashkil etish masalalarini ijrochilar va aholiga yetkazish borasida sohaga oid 1 ta markaziy va 6 ta mahalliy televideniye orqali, 2 marotaba gazeta orqali chiqishlar qilindi.
Bundan tashqari, 4 marotaba davlat organlari va tashkilotlarida davra suhbatlari va seminarlar tashkil qilindi.
IV. Qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Boʻlim tomonidan joriy yilda oʻtkazilgan oʻrganishlar va monitoringlar natijasi hamda sohani takomillashtirish yuzasidan 14 ta qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilib vazirlikka taqdim etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
hujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi