Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Biz ham qatnashamiz!!!


   Ayni kunlarda Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarni yozish bo‘limi tomonidan referendum jarayonlarida har bir fuqaroning shaxsan oʻzi ishtirok etishi orqali oʻz siyosiy irodasini namoyon qilishini targʻib qilish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ularning huquqiy bilimlarini yuksaltirish yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
   “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” shiori ostida referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli 9201-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida seminar tashqil qilindi.

   Ma’lumot o‘rnida, referendum - O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir.

Namanagan viloyat adliya boshqarmasi