Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Xalq dardiga malham boʻlamiz.


Barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyilni amalda qaror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4904-son Farmoniga asosan joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi.
Mazkur Xalq qabulxonalari tashkil etilgandan soʻng fuqarolarning murojaat qilish uchun davlat idoralariga borish, “murojaatim qaysi idorada hal boʻlar ekan?” degan muammolariga berham berildi.
Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar fuqarolarni ortiqcha sarson qilmasdan tegishliligi boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri davlat organlari va tashkilotlariga yuborish hamda ijrosini nazorat qilish amaliyoti yoʻlga qoʻldi va bu oʻz navbatida oʻzing ijobiy natijasini berib kelmoqda.
Namangan viloyati Adliya boshqarmasiga ham 2022-yilning 1-iyun kuniga qadar Xalq qabulxonalaridan jami 34 ta turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 10 tasiga tegishli tartibda huquqiy tushuntirish berilgan boʻlsa, 18 ta murojaatlar boshqarma aralashuvi bilan oʻz yechimini topib, qanoatlantirildi. Mazkur murojaatlarning 5 tasi bugungi kunda ijro holatida turgan boʻlsa, 1 ta murojaat “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunga asosan tegishliligi boʻyicha boshqa davlat idorasiga yuborilgan.
Kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda eng koʻpi mehnat munosabatlari bilan bogʻliq, ijtimoiy nafqalarni toʻlash tartibi, uy-joy olish, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlaridan norozlik, FHDYO yoʻnalishlardigi murojaatlarni tashkil etayotganligini koʻrish mumkin.
Misol uchun, Kosonsoy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.S.ning nogironlgi boʻlgan farzandini parvarishlayotganligi uchun hamda Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro S.N.ning nogironligi boʻlgan shaxsni parvarishlayotganligi uchun nafaqa tayinlanishida amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari boshqarma tomonidan belgilangan tartibda oʻrganib chiqilib, qanoatlantirilishi taʼminlandi hamda ushbu fuqarolarga parvarishlash naqasi tayinlandi.
Shunga koʻra, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilish, murojaatlar bilan ishlashda yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan seminarlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilib, tegishli tavsiyalar berib kelminmoqda.
Zero “Barchasi inson qadri uchun” tamoyili asosida ishlarni tashkil qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish adliya organlarining oʻz oldilariga qoʻygan bosh maqsadlaridan biridir.

Shohdiyor Toʻramirzayev
Namangan viloyat adliya boshqarmasi
yetakchi maslahatchisi