Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Jinoyatchilikni oldini olishda “Mahallabay” ishlash tizimi o‘zining ijobiy samarasini beradi.


Xabaringiz bor shu yilning 16- maydagi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 259-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan ayni yoʻnalishga oid 2 yillik dastur tasdiqlandi, aniq mexanizmlar belgilab berildi. Namangan viloyati adliya boshqarmasi ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Mahallabay” oʻrganishlar olib bormoqda.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasida aholining barcha qatlamlarining huquqiy savodxonlikka erishishi, oʻz huquqlarini biladigan va ularni kundalik hayotda qoʻllay olishi muhim ekanligi belgilangan. Ana shunday munosabatlarni tizimli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, oilada, mahallada, yoshlar oʻrtasida, oʻrta va oliy taʼlim muassasalarida 2022-2023 yillarga moʻljallangan aniq Dastur asosida ishlar tashkil etiladi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Uchqoʻrgʻon tumanida oʻtkazilgan targʻibot tadbirlarida viloyat adliya boshqarmasi, tuman adliya boʻlimi hamda ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot tadbirlarini olib bordilar. Uchqoʻrgʻon tumani, Qoʻgʻay mahalla fuqarolar yigʻinida ortda qolgan 5 oy davomida ogʻirlik jinoyati sodir etilgan. Shu bois, mazkur mahalla hozirda qizil hududga kiritilgan. Tuman adliya boʻlimi, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektori bilan hamkorlikda xonadonlarga kirib, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Unda, sohaga doir buklet va flayerlar tarqatildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Uchqoʻrgʻon tumani, Yorqinboychek mahalla fuqarolar yigʻinida shu yilning 5 oyida davomida jinoyat sodir etilmagan. Bundan koʻrinib turibdiki, mahalla masʼullari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hamkorlikdagi targʻibot tadbiri davomida mahalla faollari bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda, jinoyatning turlari, uni kelib chiqish sabablari haqida maʼlumotlar berildi. Bugungi kunda koʻp sodir etilayotgan firibgarlik, tovlamachilik jinoyatlarini oldini olish boʻyicha tavsiyalar berildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, adliya idoralarining ichki ishlar organlari, taʼlim muassasalari va mahallarda olib boradigan ishlari talaygina. Shu boisdan hamkor tashkilotlar bilan Mahallabay, Xonadonbay tushuntirish ishlarini olib borilayotganligi kelgusida shu mahallalarda jinoyat sodir etilmasligini oldini olishga xizmat qiladi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi