Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Adliya aralashuvi bilan 175 millondan ortiq mablagʻi undirib berildi.


     “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”! Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan gʻoya asosida bugun barcha davlat idoralari fuqarolar bilan ochiq va oshkora muloqotlarni olib bormoqda.

     Jumladan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan fuqarolarning murojaatlariga ijobiy yechim topish, ularning muammo va masalalarini hal etish boʻyicha tizimli ishlar tashkil qilingan.

     Masalan, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Uychi tumanida faoliyat olib borayotgan “Xaloskor” xususiy korxonasi rahbari Shuxrat Boyxanovning Uychi tuman hokimligidan kompensatsiya toʻlovlarini undirishni soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

     Oʻrganish jarayonida “Oʻzmilliybank” AJ Uychi filiali hamda “Adirobod jannat bogʻi” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2015-yil 30-oktyabr kuni 336-sonli kredit shartnomasi rasmiylashtirilib, fermer xoʻjaligiga 5 yil muddatga 9 foiz ustama toʻlash sharti bilan chorvachilik faoliyati bilan shugʻullanish va chorva mollari sotib olish uchun 300 milion soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Mazkur ajratilgan kredit mablagʻlarining garov taʼminoti sifatida “Xoloskor” xususiy korxonasiga qarashli Uychi tumani, Qoʻrgʻoncha mahalla fuqarolar yig’ini, Beruniy koʻchasida joylashgan 2 qavatli “Savdo doʻkoni” bino-inshootlari taqdim etilib, 2015-yil 4-noyabr kuni taraflar oʻrtasida garov shartnomasi rasmiylashtirilganligi va belgilangan tartibda koʻchmas mulk obyektiga taqiq qoʻyilganligi, biroq Uychi tumani hokimining 2019-yil 6-apreldagi 1473-sonli qarori bilan, mazkur “Savdo doʻkoni” bino-inshootlari buzilgan boʻlsada, oʻrganish kuniga qadar mulk egasi boʻlgan “Xaloskor” xususiy korxonasiga tegishli kompensatsiya pullari toʻlab berilmaganligi aniqlandi.

      Unga koʻra, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Xaloskor” xususiy korxonasi rahbari Shuhrat Boyxanovning manfaatini koʻzlab Uchqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudiga sudiga daʼvo ariza kiritildi.

    Sud tomonidan Joriy yilning 28-mart kuni tadbirkor Shuhrat Boyxanovning manfaatida kiritilgan daʼvo ariza qanoatlantirilib, javobgar Uychi tuman hokimligidan “Xaloskor” xususiy korxonasi foydasiga 171 758 388 soʻm kompensatsiya undirish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi 
Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish
boʻlimi boshligʻi A.Musashayxov