Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya aralashgach o’qituvchining buzulgan huquqi tiklandi


Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Mukarramov Muzaffar Mirzavalievichning tuman xalq ta’lim bo‘limi tomonidan Prezident qaroriga muvofiq belgilangan ustamalar to‘lab berilishida amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

Mazkur murojaatni o‘rganish davomida aniqlanishicha, M.Mukarramov hozirgi kunda tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 58-sonli umumta’lim maktabida ona tili va adabiyoti fanidan dars berib kelayotganligi, 1993-yilda ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha o‘tkazilgan umumta’lim fanlari Respublika olimpiadasida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 45-sonli maktab-internatdan qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganligi hamda bu haqida Xalq ta’limi vazirining imzosi bilan 57-sonli DIPLOM berilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-sonli qarorining 5-bandi g-kichik bandida ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan:

xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz;

asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanadi deb belgilangan.

Qarorning 7-bandi v-kichik bandida asosiy va xalqaro olimpiada g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga to‘lanadigan ustama haqlari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9-sentyabrdagi 562-sonli “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilariga, xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblariga g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan dars berganligi uchun, belgilangan ustamalarni qayta hisob-kitob qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil

3-maydagi PQ-4306-son Qarori qabul qilingan kundan boshlab to‘liq to‘lab berilishini ta’minlash belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ning 74-bandida Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.

Bunda:

ustamalar nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha aynan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan fanidan dars berayotgan olimpiada g‘olibiga beriladi;

ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari tomonidan g‘oliblikni tasdiqlovchi hujjat yoki sertifikat taqdim qilinadi deb belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tuman xalq ta’limi bo‘limiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi PQ-4306-sonli qarorida ko‘rsatilgan lavozim maoshingizga belgilangan 100 foizlik ustamani 2019 yil 3 may kunidan qayta hisob-kitob qilib to‘lab berilishi ( 76.387.200 so‘m) va kelgusida fuqaro M.Mukarramovning lavozim maoshiga 100 foizlik ustamani hisoblagan holda ish haqi to‘lab borilishi yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnoma Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda ijro etilib, belgilangan ustamalar fuqaroga to‘lab berildi.