Янгиликлар
10
Namangan viloyatida “Adliya sayili” koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusiga koʻra, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Qonun ustuvorligi - Inson qadrini ulugʻlashning eng muhim sharti” shiori ostida Chust tumanidagi “Mavlono Lutfulloh” nomli

Dastlab, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Sogʻlom hayot uchun 5000 ming qadam” shiori ostida tashkilot va muassasalar xodimlari, shuningdek koʻngilli yoshlar ishtirokida marafon oʻtkaziladi. Unda, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, aholining sportga boʻlgan ishtiyoqini oshirish koʻzda tutilgan.
Huquqiy bayram tadbiri boshlanishida soʻz olganlar har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Adliya sayili” tantanalarida koʻzlangan asosiy maqsad, undan kutilayotgan pirovard natija haqida yigʻilganlarga maʼlumotlar berildi. Shundan soʻng, sayilga tashrif buyurgan fuqarolarning kayfiyatini yanada koʻtarish, tadbirni zavqli va mazmunli oʻtkazish maqsadida bir guruh sanʼat va madaniyat vakillari tomonidan bayram dasturi namoyish etildi. Mazkur dasturda qoʻshiqchilar, soʻz ustalari, raqqosalar, milliy cholgʻu asboblari ustalari, oʻzlarining chiqishlari bilan sayilga tashrif buyurgan fuqarolarga bayramona kayfiyat ulashildi.

Shuningdek, sayilda yuridik va badiiy kitoblar yarmarkasi tashkil etilib, mazkur yarmarka badiiy adabiyotga, shuningdek huquqshunoslikka qiziquvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir soʻngida Adliya sayilida faol ishtirok etgan davlat organlari va tashkilotlarga viloyat adliya boshqarmasining tashakkurnomalari topshirildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi