Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Sog'liqni saqlash tizimi hodimlariga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar


Bizga ma`lumki, Sog'liqni saqlash tizimi hodimlariga ko'plab imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilgan. Ushbu imtiyoz va imkoniyatlar  "Respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish to‘g‘risida" gi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish to‘g‘risida” 1992-yil 28-iyuldagi Farmoni, "Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida"gi  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.


Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini to‘lash, budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlari uchun yo‘naltiriladi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan budjet tashkilotlariga ko‘rsatilgan homiylik mablag‘larining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, budjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.

Tibbiyot hodimlari mehnatiga haq to'lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mustaqilligining 1 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan respublikaning ijodkor va tibbiyot xodimlariga imtiyozlar berish to‘g‘risida” 1992-yil 28-iyuldagi Farmonida imtiyozlar berish nazarda tutilgan tibbiyot xodimlarining lavozimlari quyidagilardan iborat. Sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari (bosh vrach, direktor, boshliq, mudir). Tarkibiy bo‘linma (bo‘lim, kabinet, laboratoriya va hokazolar) mudirlari. Vrach (mutaxassisligining nomi qanday bo‘lishidan qat’i nazar). O‘rta tibbiyot xodim (bosh tibbiyot hamshirasi), katta tibbiyot hamshirasi, tish doktori, katta feldsher, feldsher, tibbiyot hamshirasi, akusherka, laborant, yo‘riqchi, tibbiyot statistigi, dizenfektor, tibbiy ro‘yxatga oluvchi, tish texnigi va hokazolar). Dorixona muassasasi mudiri va uning o‘rinbosari. Dorixona muassasasi bo‘limi mudiri va uning o‘rinbosari — provizor va dorishunos (farmatsevt). Provizor. Farmatsevt. Kichik tibbiy va kichik dorishunos xodim. Sog‘liqni saqlash muassasalari mutaxassislari va xizmatchilari. Sog‘liqni saqlash muassasalarining pedagog xodimlari (o‘qituvchilar, logopedlar, defektolog-o‘qituvchilar, tarbiyachilar, madaniy tadbirlar tashkilotlari, konsertmeystrlar, akkompaniatorlar va boshqalar). Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining professor-o‘qituvchilar tarkibi. Ilmiy xodimlar: oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarining ilmiy-tadqiqot bo‘limi (bo‘linmalari, laboratoriyalari) mudirlari (boshliqlari), oliy o‘quv yurtlarining ilmiy kotiblari; oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallarining ilmiy-tadqiqot bo‘limlari, (bo‘linmalari laboratoriyalari) tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot sho‘basi (laboratoriyasi) mudirlari (boshliqlari), oliy o‘quv yurtlari filiallarining ilmiy kotiblari, tibbiyot ilmiy muassasalarning ilmiy xodimlari, katta laborantlari, texnik xodimlari . Sog‘liqni saqlash organlari (Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limlari, shahar, nohiya sog‘liqni saqlash bo‘limlarining va farmatsevtika xizmatining xodimlari. O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmasi qo‘mitalari (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmalarining MQ, sog‘liqni saqlash xodimlari shahar, viloyat va nohiya kasaba uyushmalari qo‘mitalari) xodimlari.


Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalari tarif setkasi asosida ish haqining belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tegishli guruhlarga kiritilgan sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga va tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan belgilanadi.


Ish haqi miqdorlarini belgilash barcha hollarda asosiy, o‘rindoshlik va o‘rnini bosadigan lavozimlar (ishlar turi) bo‘yicha amalga oshiriladi.  Staj uchun ustama miqdorini ko‘paytirish huquqini beradigan stajning uzluksizligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lganda — stajning uzluksizligi to‘lgan kundan boshlab amalga oshiriladi. Muassasa rahbari xodimlar mehnatiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri haq to‘lanishi uchun javob beradi. Mehnat haqi noto‘g‘ri to‘langani aniqlangan taqdirda rahbar amaldagi qonunchilikka muvofiq xatolarni zudlik bilan tuzatish va butun davr uchun kam hisoblangan (ortiqcha hisoblangan) to‘lovni to‘lash (ushlab qolish) choralarini ko‘rishi shart.


Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga qo‘shimcha to‘lovlar quyidagilardan iborat:

Sog‘liqni saqlash muassasalarining tarkibiy bo‘linmalariga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga: shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha bo‘lganda — oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdorida; shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq bo‘lganda — oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 24,6 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Tuman, tumanlararo va shahar TIEKlarining raislari bo‘lgan vrachlarga komissiyaga rahbarlik qilganlik uchun oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 24,6 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Qishloq vrachlik punktlari filial (bo‘lim)lariga mudirlik qilganlik uchun vrachlar, feldsherlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralariga oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 8,8 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Vrachlik mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlari — vrachlarga: oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdorida; birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Tibbiyot muassasalarining mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan bosh tibbiyot hamshiralariga: oliy malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 14,1 foizi miqdorida; birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1,6 baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi. Turg‘un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda ishlaganligi uchun egallab turgan lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi tarif stavkasi hisob-kitobidan kelib chiqib tungi vaqtda ishlangan har bir soat uchun soatbay tarif stavkasining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.


Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalariga ustamalar:

Alohida muassasalar, bo‘linmalar va lavozimlarda uzluksiz ish staji uchun ustamalar:

shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;

shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz”;

qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori vrachlar uchun — 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa — 40 foiz;

poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, o‘smirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya bo‘limlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda bo‘limlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz;

tez yordam xizmati va sanitariya aviatsiyasining ko‘chma brigadalari katta vrachlari, vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;

o‘latga qarshi muassasalarning va alohida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 80 foiz;

leprozoriya muassasalari va tarkibiy bo‘linmalarining xodimlariga uzluksiz ish staji uchun: 3 yildan 5 yilgacha bo‘lganda tarif stavkasining 15 foizi; 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 25 foizi; 10 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.

bemorlarga ularning uyida xizmat ko‘rsatadigan psixonevrologiya dispanserlarining (psixiatriya shifoxonalari dispanser bo‘limlarining) psixiatr vrachlariga va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ish stajining dastlabki uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yili uchun — tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz.

tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudirining o‘rinbosari — qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchiga: vrachlik lavozimlarida uzluksiz ishlangan umumiy stajning birinchi uch yili uchun va har bir keyingi ikki yili uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 50 foiz.

Qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga — tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.

Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:

uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;

uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;

uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;

uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarining mazkur Nizomning  24-bandida  ko‘rsatilgan alohida toifalari bundan mustasno, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi bo‘yicha uzluksiz ishlaganligi uchun ustama olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqish tartibi mazkur Nizomga  3-ilovaga  muvofiq belgilanadi.

Maslahat berganligi uchun vrachlarning soatbay mehnat haqi ular tarif stavkasining 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Xodimlarning tarif stavkalariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar miqdori tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini mehnatga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasiga har oylik ustamalar belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirish va taqdirlash, ularga mukofotlar berish va bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.



Chortoq tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi

Turg'unov Rustam