Янгиликлар
Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyati kengaymoqda...
Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5168-son qarori bilan 2021-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilgan edi.
Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligining takliflari asosida tashkil qilingan Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari o`tgan yarim yillik davrda o`z samarasini bera oldi, undan ko`zlangan maqsad hosil bo`ldi.
Chunonchi, ushbu qisqagina muddatda respublikadagi barcha tuman va shaharlarda Yuridik xizmat ko`rsatish markazlarining tashkil etilishi yuridik xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlarda huquqni qo`llash amaliyoti tubdan yaxshilash, ularga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazish va tushuntirish, ish yurituvi raqamlashtirish, ortiqcha qog‘ozbozlikka barham berish imkonini berdi.
Endilikda esa mazkur samarali faoliyat Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatining yanada kengayishiga olib kelmoqda.
2022-yil 18-martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-173-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror asosida, bir qator davlat organlari va tashkilotlariga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, qishloq xo‘jaligi bo‘limi, turizm va madaniy meros bo‘limi, sportni rivojlantirish bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga ham Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko`rsatiladigan bo`ldi.
Shuningdek, qarorda 2022 – 2023-yillar mobaynida Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari qamrab olinishi belgilandi.
Aytish joizki, aholining katta qismi band bo`lgan ushbu tashkilot va muassasalarga Yuridik xizmat ko`rsatish markazlarining sifatli xizmat ko`rsatishi ularda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning mehnat va boshqa huquqlari poymol bo`lishining oldini olishga, huquqiylikning ta’minlanishiga olib keladi, albatta.
Xulosa o`rnida ayta olamizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi o`ziga xos islohotlar huquqiy davlat qurilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Pop tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi xodimi
B.Maxmudov