Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

INVESTORLAR HUQUQLARI DAVLAT HIMOYASIDA


“Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasi doirasida viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan muntazam ravishda joylarda tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazilib, ularga yangi qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati yetkazilmoqda, mavjud muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘mak va huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.

Mana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi 2022-yil 29-mart kun Yangiqo‘rg‘on tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi “SURA GENERAL INVESTMENTS” MChJ shaklidagi xorijiy korxonada bo‘ldi.  Mazkur korxona tomonidan 2019-2021-yillarda Namangan viloyatiga jami 3,3 mln. dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilgan bo‘lib, YAngiqo‘rg‘on tumani, Xadikent MFYdagi jami 105,8 gektar yer maydonida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar tizimi mavjud bo‘lgan intensiv bog‘ barpo etilgan. 

Jamiyat ta’sischilari bo‘lgan xorijiy investorlar ishtirokida o‘tkazilgan yuzma-yuz muloqotda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Ismatillayev, boshqarma bo‘lim boshlig‘i A.Musashayxov, viloyat hokimligining yuridik bo‘limi boshlig‘i A.Dadaxanov va tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Parpiboyevlar ishtirok etib, ular tomonidan jamiyat faoliyatida yuzaga kelgan ayrim muammoli masalalarni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy yo‘nalish va maslahatlar berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi