Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Hodimlar yillik asosiy mehnat ta’tilidan tashqari yana qanday ta’tillardan foydalanishi mumkin?


O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 133-moddasida muvofiq, barcha xodimlarga, shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha ishlayotgan xodimlarga ham dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. Ushbu o’rinda mehnat ta’tili tushunchasiga to’xtalib o’tish joiz bo’ladi.
Mehnat ta’tili bu vaqtning shunday muayyan bir davriki, uning muddati qonun hujatlarida belgilab qo’yilganidan kam bo’lmaydi va har bir xodimga uzluksiz dam olish hamda mehnat qobiliyatini tiklash uchu nish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlangan holda, har yili beriladigan muddatdir.
Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarida yillik mehnat ta’tillarining ikki turi, yani asosiy va qo’shimcha ta’tillar belgilangan. Asosiy ta’til esa, o’z navbatida, minimal asosiy ta’til hamda uzaytirilgan asosiy ta’tilga bo’linadi.
Shu bilan birga, yillik asosiy ta’tildan tashqari mehnat qonunchiligida yillik qo’shimcha ta’til tushunchasi ham mavjud. Bu holat esa, o’z navbatida Mehnat Kodeksining 136-138 moddalari bilan tartibga solingan. Yillik qo’shimcha ta’til - ayrim toifadagi xodimlarga asosiy ta’til, shu jumladan, uzaytirilgan asosiy ta’tildan tashqari beriladigan ta’tildir. Xodim qo’shimcha ta’til olish huquqiga ega bo’lgan hollarda ham ta’tilning umumiy muddati uzayadi, chunki qo’shimcha ta’til asosiy ta’til muddatiga qo’shiladi.
Bundan tashqari mehnat qonunchiligida qo’shimch ta’til tushunchasi ham mavjud bo’lib, ushbu ta’til ayrim xodimlarga o’zlariga belgilangan asosiy (minimal yoki uzaytirilgan) ta’tildan tashqari (qo’shimcha ravishda) beriladigan mehnat ta’tili turidir. Mehnat kodeksning 136-moddasiga muvofiq, qo’shimcha ta’tillar quyidagi hodimlarga nisbatan tadbiq etiladi:
-mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlarga;
-o’ziga xos bo’lgan, shuningdek, og’ir va noqulay-tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga,
-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Korxonalarda qo`shimcha ta`til olish huquqini beruvchi ishlar, kasblar va lavozimlar ro`yxati, ta`tillarning muddati, ularni berish tartibi va shartlari tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan (agar ular tuzilmaydigan bo`lsa, — kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib ish beruvchi tomonidan) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi tasdiqlaydigan mehnat sharoitlarini baholash uslubiyoti asosida belgilanadi.
Mehnat sharoiti o`ziga xos bo`lgan ishlar uchun, shuningdek o`ta zararli va o`ta og`ir mehnat sharoiti va og`ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun qo`shimcha ta`tilning eng kam muddati, bunday ta`tilni berish shartlari va tartibi O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, Mehnat Kodeksining 149-moddasida ijtimoiy ta’tillar belgilab qo’yilgan. Xodimlar o’z navbatida quyidagi ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanishlari mumkin:
-homiladorlik va tug‘ish ta’tillari ya’ni, ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilishi va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanishini nazarda tutilgan ta’tildir.
-bolalarni parvarishlash ta’tillari ya’ni, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilishi nazarda tutilgan ta’til hisoblanadi. Bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi. Undan tashqari, ayolga, uning xohishiga ko‘ra, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi. Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi saqlanadi. Bu ta’tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan uch yil, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi.
-o‘qish bilan bog‘liq ta’tillar ya’ni, bunda kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun kamida o‘n besh kalendar kunlik muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi, o‘quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar diplom ishini bajarish yoki bitiruv imtihonlari topshirishdan oldingi o‘n o‘quv oyi davomida mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun olti kunlik ish haftasi bo‘lganda haftada bir kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etiladilar. Ish haftasi besh kunlik bo‘lsa, ishdan ozod etiladigan kunlar miqdori ish smenasining muddatiga qarab o‘zgaradi, ishdan ozod etiladigan soatlar miqdori esa saqlanib qoladi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda: birinchi va ikkinchi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o‘n kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida o‘ttiz kalendar kun; uchinchi va undan keyingi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun; oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o‘ttiz kalendar kun; diplom ishini tayyorlash va yoqlash davrida oliy o‘quv yurti talabalariga to‘rt oy, o‘rta maxsus o‘quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tillar beriladi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining oxirgi kurslarida o‘qiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to‘plash uchun o‘ttiz kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Mazkur ta’til davrida talabalar va o‘quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.
-ijodiy ta’tillar esa, ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga qo‘shib olib borayotgan shaxslarga doktorlik dissertatsiyasini yakunlash, shuningdek darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yozish uchun asosiy ish joyida o‘rtacha oylik ish haqi va lavozimi saqlangan holda beriladigan ta’til hisoblanadi.

Uchqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
 A.Toshpulatov