Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

TADBIRKORLAR ERKINLIGI-YURT FAROVONLIGI!


Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Bugun o‘z biznesini yo‘lga qo‘yib, o‘zi, oilasi, mahalla, el-yurt farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan, iqtisodiyotimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotgan tadbirkorlar, xususiy korxonalar safi tobora kengaymoqda. Yurtimiz aholisi o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga qiziqish tobora ortib bormoqda.

Biroq, davlat organlari tashkilotlari tomonidan tadbirkorlarni muammo va to‘siqlarga duch kelayotganligi to‘g‘risidagi murojaatlariga e’tiborsiz munosabatda bo‘layotganligi davlatmiz tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilayotgan
shart-sharoitlarga va islohatlariga e’tiborsizlik natijasidir.

Xususan, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Agro turan aziya” MCHJ rahbari M.Xodjaliyevning “Agrobank” ATB Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan murojaati o‘rganib chiqilmaganligi va javob xati yuborilmaganligidan norozi bo‘lib yo’llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

“Agro turan aziya” MCHJ rahbari M.Xodjaliyev 2021-yil 15-dekabr kuni “Agrobank” ATB Namangan viloyat boshqarmasiga kredit mablag’lari ajratib berilmayotganligidan norozi bo’lib yo‘llagan murojaati boshqarma tomonidan 2021-yil 12-dekabr kuni topshiriq xat bilan “Agrobank” ATB Chortoq tuman filialiga o‘rganib chiqish uchun yuborilgan.

Biroq, o‘rganish davomida “Agrobank” ATB Chortoq tuman filiali tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonida murojaat muallifi “Agro turan aziya” MCHJ rahbari M.Xodjaliyevga javob xati berilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan “Agrobank” ATB Chortoq tumani filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari I.Qodirovga nisbatan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi sababli MJtKning
43-moddasiga asosan, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining
2022-yil 22-fevraldagi qarori bilan huquqbuzarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (270 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

SHOXRUH MAXMUDOV
Namangan viloyat adliya boshqarmasining
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash
amaliyotini o‘rganish bo‘limi yetakchi maslahatchisi