Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Diniy tashkilotlar vakillari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.



Diniy tashkilotlar vakillari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining "Diniy tashkilotlar vakillarining qonunchilik talablari va ustav doirasida faoliyat yuritishini taʼminlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish Reja-grafigi"ga ko‘ra, bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat bo‘limi tomonidan Namangan shahridagi “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti majlislar zalida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir joyida 220 nafar hamda zoom platformasi orqali  200 nafardan ortiq diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berish bilan birga, ishtirokichlarni qiziqtirgan barcha huquqiy savollarga batafsil javob berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi