Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

HARBIY XIZMATNI O`TASH BARCHA UCHUN MAJBURIYMI? UNING HUQUQIY ASOSLARI QANDAY?


Avvalambor, Vatanni himoya qilish muqaddas burchdir. Ayniqsa,
bu burchning qanchalik muhimligi o‘zbek xalqining qoniyu-joniga singib ketgan. Tariximizga nazar soladigan bo‘lsak, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur hamda Zahiriddin Muhammad Bobur singari bobolarimiz yurt boshiga yov kelgan paytda uni himoya qilish uchun o‘z jonlarini ham ayamay kurashishganligini guvohi bo‘lamiz.
Bugungi kunda ham O‘zbekistonda fuqarolar Vatanimiz himoyasi, uning tinchligini hamda ulug‘ ne’mat bo‘lmish mustaqilligimizni asrashi uchun majburiy harbiy xizmat joriy qilingan. Xo‘sh, uning huquqiy asoslari qanday?
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 52-moddasida “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi
har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy
yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar” deb belgilangan norma mavjud.
Bu normaning mazmuni shundan iboratki, xarbiy xizmatni o‘tash majburiydir.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” Qonunining 3-moddasida “Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga majburiy harbiy tayyorgarligidan iborat bo‘ladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini to‘ldirishni va ularning rezervini tayyorlashni ta’minlash maqsadida joriy etiladi.
Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralarini qamrab oladi” deb belgilab qo‘yilgan.
Mazkur qonunnning 4-moddasida esa harbiy xizmat turlari keltirilgan:
muddatli harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat;
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Barcha O‘zbekiston fuqarosi yuqorida ko‘rsatilgan harbiy xizmat turlaridan birini o‘tashga majburdir.