Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIDA QONUNCHILIKNI TA’MINLASH QAY HOLDA?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aperdagi PQ-3666-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risida”gi Nizom bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Shunga ko‘ra, viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan muntazam ravishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti va ularga rioya etilishi ahvoli o‘rganilib, aniqlangan qonun hujjatlari buzilishlarini, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rib borilmoqda.
Jumladan, o‘tgan 2021-yil davomida boshqarma tomonidan 60 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganilib, o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida jami 8 811 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlari (murojaatlarni ko‘rib chiqishda 137 ta, ta’lim sohasida 5 490 ta, uy-joy masalasida 2 ta, mehnat sohasida 11 ta, soliqqa oid
118 ta, imtiyoz va preferensiyalarni qo‘llashda 1 ta, Ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha 1 992 ta hamda boshqa qonunbuzilishlar 1 060 ta) aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga jami 36 ta taqdimnoma, 7 ta ma’muriy taklif va 72 ta ogohnomalar kiritildi.
Kiritilgan ta’sir choralariga asosan, 69 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka (shundan 7 nafar xodimlar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan), 4 nafar mas’ul xodimlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, kiritilgan taqdimnomalarga asosan, jami 129 ta, shundan 1 ta mahalliy hokimliklarning va 128 ta nazorat qiluvchi organlarning qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qaror va hujjatlari bekor qilinishi hamda 21 ta hujjatlarning qonunchilikka muvofiqlashtirilishi ta’minlanib, tadbirkorlik subyektlariga 185 437 714 so‘m pul mablag‘lari qaytarilishiga erishildi.
Shu bilan birga, boshqarmaning Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan sudlarga jami 24 ta, shundan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 12 ta, iqtisodiy sudlarga 11 ta da’vo arizalari hamda ma’muriy sudlarga 1 ta arizalar kiritilib, fuqarolar foydasiga 50 146 439 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi, tuman hokimining 1 ta qarori haqiqiy emas deb topildi hamda qurilish bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlangan ART hujjatlari uchun tuman (shahar) hokimliklaridan jami 1 065 516 000 so‘m pul mablag‘larini undirish yuzasidan sudlarning tegishli hal qiluv qarorlari chiqarildi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi? Qonunbuzilish holatiga olib keluvchi asosiy omil nimada? Bunday sabablar sifatida quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin:
Birinchidan, davlat organlari va tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va qonunbuzilish holatlari keyingi o‘tkazilgan o‘rganishlarda ham bartaraf etilmasdan, takrorlanmoqda.
Bunda, ana shu normativ-huquqiy hujjat ijrosi bilan ishlovchi mas’ul xodimlarning o‘z ustida ishlamasligi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarmasligi asosiy omil bo‘lmoqda.
Ikkinchidan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari faoliyati doimiy ravishda muvofiqlashtirilib, ularga uslubiy ko‘mak berib borilayotgan bo‘lsada, tashkilotda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqni qo‘llash to‘g‘ri amaliyotni shakllantirishda o‘rni etarli darajada sezilmayapti;
Uchinchidan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan ta’sirchan javobgarlik choralari ko‘rilmayotganligini keltirib o‘tish mumkin.
Bu sabablarni bartaraf etishning eng asosiy echimi har bir davlat organining rahbariyati mas’uliyatli, salohiyatli, o‘z sohasini mukammal egallagan bo‘lsa, albatta boshqa xodimlar ham shunday bo‘lishga majbur bo‘ladi.

ABDURAXIM MUSASHAYXOV
Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i