Янгиликлар
AYOLLARIMIZ DOIMO EʼZOZDA
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk sanʼat asarlari, qo‘shiq va qasidalar, meʼmoriy obidalar ayollar shaʼniga bag‘ishlangandir.
Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni qutlash maqsadida "8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir avvalida, boshqarma boshlig‘i tomonidan xotin-qizlar bayram bilan muborakbod etildi hamda ularga bayram sovg‘alari ulashildi.
Shundan so‘ng, munis ayollarimizni tabriklash uchun bir qator xodimlar o‘z ezgu tilaklarini bildirdilar.
BAYRAMINGIZ MUBORAK AZIZ AYOLLAR !!!
Namangan viloyat adliya boshqarmasi