Янгиликлар
Fuqarolarning qanday murojaatlarini davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ko`rib chiqilmaydi
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi, arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shartligi belgilab qo`yilgan.Shundan kelib chiqib,arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida fuqarolarning murojaat qilish huquqini amalga oshirishlarining tartibi yoritib berilgan. Ushbu Qonun murojaatlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.Murojaatlar ariza, taklif yoki shikoyat tarzida beriladi.
ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;
taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga olgan murojaat;
shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat.Ariza yoki shikoyat 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish, tekshirish, yoki qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilgan hollarda bir oygacha muddatda ko‘rib chiqilishi mumkin
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko’rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko’rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to’g’risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi. Usbu Qonunning 29-moddasiga muvofiq quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
mazkur Qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.
Murojaatlar ko‘rmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u davlat organining, tashkilotning rahbari yoki ularning vakolat berilgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi.
Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar ko‘rmay qoldirilganligi to‘g‘risida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
Mazkur Qonunga muvofiq ko‘rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, iqtisodiy protsessual qonunchilik va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan murojaatlarga,davlat organlarining, shuningdek ular tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bugungi kunga kelib, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil ilgari surilmoqda. Ushbu tamoildan kelib chiqib insonlarni murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquq bilan ta’minlash demokratik jamiyatda oliy qadriyatlardan biri sifatida e`tirof etiladi.
Uychi tuman yuridik xizmat ko`rsatish
markazi boshyuriskonsulti:
Sultonova Zuhra Jo`raboevna