Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Navbatdagi o`quv seminari-Davlat soliq inspeksiyasida


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi  PF-5415-sonli Farmonida davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʼllash masalalari boʼyicha maslahatlar berish, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish tuman (shahar) adliya boʼlimlarining asosiy vazifalari etib belgilangan.

Shunga koʼra joriy yilning 14-fevral kuni Yangi Namangan tuman adliya boʼlimi boshligʼi M.Аbduraximov tomonidan tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida o`quv seminari tashkil etildi.


Yangi Namangan tuman adliya boʼlimi

Yangi Namangan tuman adliya boʼlimi

Oʼquv seminar jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar toʼqnashuvi va odob-axloq qoidalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Yangi Namangan tuman adliya boʼlimi