Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat


Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o’rta va quyi bo’g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko’rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-22-may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan 34-son majlis bayoniga ko'ra Namangan shahri,Qarshi tumani va Marhamat tumanida 2020-yil 1- oktyabrdan eksperiment tariqasida budjetdan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tuman (shahar) adliya bo’limlari huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar ko’rsatish markazlari tashkil etilidi. Sinov tariqasida jami 23 ta davlat organi va tashkilotlarining hududiy bo’linmalariga yuridik xizmatlar ko’rsatgan markazlar o’zining ijobiy samarasini ko’rsatdi. Markazlar faoliyati o'z natijasini berganligi sababli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi " Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi 5168-qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan joriy yilning 1-oktabridan Respublikamizning barcha tuman (shahar)larida adliya bo'limlari huzurida yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etildi. Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko’rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo’linmalari ro’yxati shakillantirildi. Markazlar faoliyatini davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish bilan bog‘liq barcha ma’lumot va jarayonlarni to’liq elektron ravishda yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizim orqali amalga oshiradi.
Markazlarning asosiy vazifalari:
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko’rsatish;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o’z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo’lishini ta’minlash hisoblanadi.
Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida:
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan o’tkazadi hamda ular bo’yicha e’tiroz va takliflar beradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning qarorlari yuzasidan yuridik xulosalar beradi;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarda huquqni qo’llash amaliyotini o’rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlaydi va tegishli tashkilot rahbariyatiga kiritadi;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan birgalikda tashkilot va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko’rsatilgan arizalar va shikoyatlarni ko’rib chiqishda ishtirok etadi.
Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish sohasida:
huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan hamkorlikda yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini yetkazishda ishtirok etadi;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to’g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o’tkazishda ishtirok etadi;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar faoliyatida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshiradi;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar xodimlarining murojaatlari bo’yicha ularga tashkilot faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko’maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo’yicha tushuntirishlar beradi;
qonunchilikka kiritilgan o’zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko’rsatmalarini yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarga yetkazadi.
Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy hamda boshqa huquq va qonuniy manfaatlari o’z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, sud protsesslarida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakil sifatida ishtirok etadi, tashkilotning mulkiy va boshqa manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning mas’ul xodimlari bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko’radi;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar tomonidan shartnomalar loyihalarini tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo’lmasa, viza qo’yadi. Bunda, loyihalarga Markazlar tomonidan davlat organining rahbar o’rinbosarlari va tarkibiy tuzilmalari rahbarlari (xodimlari)dan keyin viza qo’yiladi;
shartnomalarni tuzish, bajarish, o’zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan monitoring olib boradi;
tegishli tuzilmalar bilan birgalikda yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko’rishda ishtirok etadi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib borishga ko’maklashadi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida sud protsesslarida ishtirok etish uchun zarur bo’lgan materiallarni va hujjatlarni tayyorlaydi;
yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi.

Norin tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: Tursunov Zuhiriddin