Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi faoliyat sarhisobi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi faoliyat sarhisobi

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan “Ijro intizomi — islohotlar garovi” tamoiliga asoslangan yangi tizimni joriy qilish vazifasi yuklatilib, Farmon bilan ijro intizomini mustahkamlash borasida Adliya vazirligiga bir qator yangi vazifalar yuklatildi.

Oʻz navbatida, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyat adliya boshqarmasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi tashkil etilib, boʻlim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muntazam ravishda oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha tegishli taʼsir choralari, ogohlantirish hamda umumlashma axborotlar kiritib borilmoqda.

Tahlillarga koʻra, 2021-yil yakuniga qadar (2021-yil 28-dekabr holatiga) viloyat boʻyicha Ijro.gov.uz tizimi orqali ijro uchun jami 921 ta Prezident hujjatlari kelib tushgan boʻlib, shulardan: farmon – 143 ta, qaror – 501 ta, farmoyish – 23 ta, bayon – 254 tani tashkil qilgan.



Mazkur hujjatlarga asosan jami topshiriqlar soni 6 385 tani tashkil qilib, shulardan: 989 tasi farmonlar boʻyicha, 2 883 tasi qarorlar boʻyicha, 123 tasi farmoyishlar boʻyicha, 2 390 tasi bayonlar boʻyicha kelib tushgan.

Kelib tushgan jami topshiriqlarning 1,537 tasi (yoki 24 foizi) muddatidan kech bajarilib, ushbu topaashiriqlar farmonlar boʻyicha – 248 ta, qaror – 547 ta, farmoyish – 13 ta, bayon – 729 tani tashkil qilgan.




Boʻlim tomonidan oʻtgan 2021-yilda topshiriqlar ijrosini oʻrganish va monitoringlar qilish, tegishli taʼsir choralari qoʻllash va sohani yanada takomillashtirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan:

I.            Oʻrganish va monitoringlar oʻtkazish sohasida:

Boʻlim tomonidan joriy yilda 6 ta oʻrganish (byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Namangan viloyat boshqarmasi hamda tuman (shahar) boʻlimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasining Namangan viloyat hududiy boʻlimi, Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Namangan viloyat hududiy boʻlimlari, Namangan viloyat bandlik bosh boshqarmasi va uning tizimiga kiruvchi idoralar, Xalq taʼlimi boshqarmasi va uning tizimiga kiruvchi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari, Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi, Statistika boshqarmasi va uning tizimiga kiruvchi tuman (shahar) statistika boʻlimlarida ) oʻtkazildi.

Shuningdek, boʻlim tomonidan vazirlikning topshirigʻiga asosan 28 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha axborot va tahliliy maʼlumotnomalar vazirlikka taqdim etildi.

Ijrosi bevosita hududlarda amalga oshirilishi nazarda tutilgan topshiriqlar boʻyicha bajarilgan amaliy ishlarni “joyiga chiqib oʻrganish” amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

II.  Taʼsir choralar kiritilishi boʻyicha:

Boʻlim tomonidan joriy yilda oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasi boʻyicha aniqlangan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan 25 ta taqdimnoma, 4 ta ogohnoma, 17 ta koʻrsatma hamda viloyat hokimligiga 9 ta tahliliy maʼlumotnoma va xatlar kiritildi, 2 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar va ish hujjatlari rasmiylashtirildi.



Kiritilgan taʼsir choralari natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Masalan: Davlat rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi davomida va Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari boʻyicha” 10-sonli bayonning 103-bandi ijrosini monitoring qilish yakuni boʻyicha boshqarma tomonidan 8 ta tuman Xalq taʼlim boʻlimlariga kiritilgan taqdimnomalar natijasida Xalq taʼlim boʻlimlari xodimlariga jami 509,1 mln. soʻm ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlab berildi.

“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 180-bandi bandi ijrosini monitoring qilish yakuni boʻyicha viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasiga kiritilgan taqdimnoma natijasida uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutrient kukunlarini viloyatdagi 6 – 23 oylik bolalarga tarqatish ishlari tashkil etildi.

Kiritilgan 12 ta taqdimnomalar natijasi boʻyicha topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan deb topilgan jami 20 nafar xodimlarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

(Maʻlumoty uchun: 3 nafari BTPJ, 4 nafari Bandlik, 12 nafari XTB xodimlari, 1 nafari qurilish tashkiloti xodimi )

Shuningdek, boʻlim tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish hujjatlari jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudlari tomonidan koʻrib chiqilib, 2 nafar mansabdor shaxslar (tuman hokimining oʻrinbosari) Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 1984-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

II.        Qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:

Boʻlim tomonidan joriy yilda oʻtkazilgan oʻrganishlar va monitoringlar natijasi hamda sohani takomillashtirish yuzasidan 42 ta qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilib vazirlikka taqdim etildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
hujjatlari va topshiriqlari ijrosini
nazorat qilish boʻlimi