Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Diniy tashkilotlarni davlat ro'yhatidan o'tkazishning huquqiy asoslari


Bizga ma'lumki diniy tashkilotlarning jamiyat va fuqarolar hayotida o'rni juda yuqori va ahamiyatli. shuning uchun fuqarolar tomonidan diniy tashkilotla bilan bog'liq yangi normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinishi, o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi juda katta qiziqish bilan kutib olinadi.

Xususan, joriy yilning 5 iyul kuni O'zbekiston Respublikasining "Vidon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.

Mazkur yangi tahrirdagi qonun hujjatiga asosan

Diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Markaziy boshqaruv organlarini va diniy ta’lim muassasalarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, mahalliy diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish esa tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.


Mahalliy diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talab qilinadigan hujjatlar

Mahalliy diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi:

-mahalliy diniy tashkilotni o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarini o‘z ichiga olgan hujjatning; (mazkur qonun qabul qilingunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, yuz nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarini o'z ichiga olgan hujjat talab qilinar edi )

- ta’sis yig‘ilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan qarorining;

- mahalliy diniy tashkilotning davlat tilidagi ustavining;

- mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari to‘g‘risidagi va uning rahbar organi a’zolari haqidagi hujjatlarning;

- mahalliy diniy tashkilotning rahbarida diniy professional ma’lumot mavjudligi to‘g‘risidagi hujjatning, bundan ta’limoti diniy professional ta’lim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno;

- vakolatli organ xulosasining;

- mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkning shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilingan holda mahalliy ijroiya hokimiyati organi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) xulosasi taqdim qilinadi.


Nodavlat notijorat tashkilotlari
bo'limi yetakchi maslaxatchisi
Boboxonov Sherzod