Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Taqdimnoma muhokamasi va huquqiy yechim.


Navbatdagi uchrashuv tuman xalq ta’limi bo‘limida o‘tkazilib, tadbir taqdimnoma muhokamasi va kelgusida soha faoliyatida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ymaslikni oldini olishdagi huquqiy yechimlarni tushuntirishga bag‘ishlandi.


Ta’kidlanganidek, tuman xalq ta’limi bo‘limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qituvchilarga ta’til berilishida va ta’til uchun haq to‘lanishida mehnatga oid qonunchilik normalari buzilishiga yo‘l qo‘yib kelingan.


Adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan taqdimnoma kelgusida bu turdagi qonunbuzish holatlarini bartaraf etishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘lsa, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining ishtiroki esa bu boradagi xato va kamchiliklarni oldini olish uchun huquqiy normalarni mutasaddi xodimlar tomonidan to‘g‘ri va bir xilda qo‘llashni ta’minlash uchun ularning amaliy va uslubiy ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratildi hamda zarur huquqiy tavsiyalar berildi.






Tadbir yakunida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlarni qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik va buning oqibatlari haqida tuman xalq ta’limi bo‘limining rahbar-xodimlariga yana bir bor eslatib o‘tildi.

O‘ZARO HAMKORLIK: DAVLATOBOD TUMAN ADLIYA BO‘LIMI VA YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI