Янгиликлар
Mehnat shartnomasida xodim huquqlari.
Seminar ishtirokchilariga mehnat shartnomasi loyihasi bandlariga kiritish zarur bo‘lgan shartlar to‘g‘risida tushuncha berildi.
Mehnat shartnomasi-xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ xujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir
Mehnat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi shartlar mehnat shartnomasining mazmuni hisoblanadi. Mehnat shartnomasining mehnat ta’tilining eng kam muddati, barcha xodimlar uchun eng ko‘p ish vaqti; intizomiy jazo turlari va ularning qo‘llanish tartibi kabi shartlar qonun xujjatlarida nazarda tutiladi.
Mehnat shartnomasining shartlari zaruriy va qo‘shimcha shartlarga bo‘linadi. Zaruriy shartlar shartnomada ko‘rsatish majburiy bo‘lgan shartlarga aytilsa, мajburiy bo‘lmagan, lekin taraflarning xohishiga ko‘ra kiritilgan shartlar qo‘shimcha shartlar hisoblanadi.
Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarga qonun bilan belgilangan mehnat huquqlari va kafolatlarini ta’minlash masalasi shartnoma bandlarida aks etishi shart.
Mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga, 5 yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga va muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin.