Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Murojaatlar tahlili taraqqiyot omili


Namangan viloyat Namangan tuman adliya bo‘limiga 2021 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi:

Jumladan, tuman adliya bo‘limiga 2021 yil 9 oyi davomida jami 196 ta (shundan 7 tasi ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid, 184 tasi inson huquqlarini himoya qilishga oid, boshqa sohalarga 5 ta) murojaatlar kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 195 tasi hal etilib, shundan 175 ta murojaat, ya'ni 89,7 % qanoatlantirilgan.

Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga oid 57,2 foizi (4 ta), inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi murojaatlarning 91,3 foizi (168 ta), boshqa sohalardagi murojaatlarning 60 foizi (3 ta) o‘z tasdig‘ini topganligi sababli qanoatlantirildi.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida 83 ta taqdimnoma, sudlarga 93.748.390 so‘mlik 27 ta da'vo arizalari, shuningdek tegishli idoralarga aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha 6 ta takliflar kiritildi.

Tuman adliya bo‘limiga kelib tushgan murojaatlar xususiyati bo‘yicha tahlil qilinganda.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasida jami 184 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlarning 183 tasi hal etilgan bo‘lib, 168 tasi qanoatlantirildi, 15 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi 91,3 foizni tashkil qildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar bo‘yicha 83 ta taqdimnoma, 26 ta da'vo ariza, 2 ta ma'muriy taklif kiritildi.

Mazkur ta'sir choralarining natijalari yuzasidan 4.299.824.758 so‘m pul mablag‘lari qaytarildi.

Mazkur sohadagi tahlil murojaatlarni (shikoyat) quyidagi sohalarda ularning ko‘pligini ko‘rsatadi:

- Mehnat nizolari yuzasidan 32 ta

- Oylik ish xaqini olish masalasida 83 ta

- Uy-joy va yer bilan bog‘liq 24 ta

- Ijtimoiy himoyaga doir qonun xujjatlari yuzasidan 23 ta

- Banklar faoliyatiga doir qonun xujjatlari yuzasidan 1 ta

- Notarial harakatlar bilan bog‘liq 4 ta

- Ta'limga oid qonunchilik yuzasidan 4 ta

- Aliment undirish yuzasidan 3 ta

- Kadastr bilan bog‘liq 3 ta

- Kommunal to‘lovlar yuzasidan 2 ta

Mehnat nizolari yuzasidan murojaatlarda oylik va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamaslik holatlari ko‘rsatilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, kelgusida mazkur sohadagi murojaatlarni sonini yanada kamaytirish maqsadida:

- shikoyatlar ko‘paygan sohalar va hududlarda manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;

- ommaviy axborot vositalarida munozarali masalalar bo‘yicha huquqiy jihatdan tushuntirishga qaratilgan mavzularni ko‘paytirish;

- jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi telefon kompaniyalari orqali tizimli ravishda muammo bo‘lib turgan masalalarni tushuntirishga qaratilgan SMS tarzidagi sitata ko‘rinishida qisqacha maqolalarni jo‘natish choralarini ko‘rish;

- davlat hokimiyati va boshqaruvi ko‘rsatish organlarida jismoniy va yuridik shaxslarga tezkor xizmat maqsadida “Onlayn maslahat” xizmatini ishga tushirish choralarini ko‘rish.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mavjud muammolarni bartaraf etish orqali jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini buzilishini oldini olish maqsadida hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, murojaatlari nisbatan ko‘p kelib tushgan hududlar targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish hamda murojaatlari tahlili davomida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan davlat organlari hamda tashkilotlarida o‘quv-seminarlari o‘tkazish belgilangan.

Namangan tuman adliya bo‘limi boshlig‘i
U. Djabbarov