Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ota-onalar kuni: Sizning umr yoʻllaringiz biz uchun saboq!


Ota-ona oila ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan ulugʻ zotlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan va shunday boʻlib qoladi. Chunki ular bilan hayotimiz goʻzal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Ana shu maʼnoda bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ota-onalar kuni tadbiri oʻtkazildi. Tadbir avvalida boshqarma boshligʻi X.Sabirovning tabrigi hamda Faxriylar kengashi raisi O.Azimovning nasihatlari barcha ota-onalarni birdamlikka chorladi.

Ayni vaqtda tizimda 100 dan ziyod xodimlar faoliyat olib bormoqda. Ularning ota-onalari boshqarma xovlisiga tadbirga birin ketin tashrif buyurishlari farzandlarni quvontirdi.
ta-onalarda esa shunday maskanda faoliyat yuritayotgan oʻgʻli yoki qizi uchun faxr tuygʻusi uygʻongan boʻlsa ajab emas. Xodimlar tomonidan oʻz ota-onalari uchun atalgan dil izhorlari maxsus tayyorlangan rolik orqali namoyish etildi. Shundan soʻng, ular uchun tabrik va sovgʻalar, sanʼat vakillarining chiqishlari ularda oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi. 

Ayni vaqtning oʻzida tuman (shahar) adliya boʻlimlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan ham ushbu tadbir koʻtarinki kayfiyatda nishonlanib, ota-onalar oʻz farzandlarining ish joyi bilan yaqindan tanishdilar.