Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

BAYROQ TINCHLIK TIMSOLI


Dunyo arenalarida faxrli o‘rin olgan yurtdoshlarimizning xursandchilik ko‘z yoshlari ila qo‘llaridagi yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, uni qayta-qayta o‘pgan, ko‘zlariga surtgan jarayonga hech guvoh bo‘lganmisiz?
Ushbu faxr, iftixor, shukronalik hissiyotlari shu onda nafaqat chempion Vatandoshimiz, balki barcha yurtdoshlarimiz qalbida sodir bo‘ladi. Demak-ki, milliy davlat ramzlari iftixorimiz, g‘ururimiz nishonasidir. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi. Mustaqiligimiz faxri bo‘lgan ushbu ramzimiz tom maʼnodagi tinchligimiz belgisi desak adashmaymiz.
Jahon sahnida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatuvchi va o‘zida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiruvchi, davlatimiz suverenitetining ramzi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida tasdiqlanganligi, bayrog‘imizdagi tasvirlar va ranglar maʼnolari xususida maʼlumotlar mana 30 yildirgi o‘z ahamiyati yo‘qotgani yo‘q.
Davlat ramzlari qadimdan bugungi kunga qadar hamisha muqaddas va ulug‘ sanalib kelingan. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etib, Vatanning yorqin timsoli sanaladi. Mamlakatimiz bayrog‘i haqida gap ketar ekan, chempionlar uchun u g‘oliblik nashidasi, musofir uchun sog‘inch timsoli, yoshlar uchun yorqin kelajak, yoshi ulug‘lar uchun sadoqat va tinchlik belgisi sifatida ulug‘lanib kelinmoqda.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi ulug‘ sana oldidan “Bayrog‘im g‘ururim”, “Bayroq kuni”, “Bayroq bilan hamnafas” shiori ostida ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar va fotoestafetalar, bosma nashrlarda maqolalar bilan ishtirok etmoqdalar.

Shunday ekan bayroqning o‘z o‘rni, o‘z kuchi va har qachon ulug‘lanib eʼtirof etilishi har bir vatanparvar fuqaroning burchidir.

Naima Yadigarova
Namangan viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i