Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Xodimning bir yarim yillik ish haqi unidirib berild


Mingbuloq tuman adliya boʼlimi tomonidan fuqaro M.А.ning Mingbuloq “Ichimliksuv” UKda ishlagan davridagi ish haqlarini toʼlab berilmayotganligidan norozi boʼlib, ushbu masalada amaliy yordam berishni soʼrab qilgan murojaati oʼrganib chiqildi.

Oʼrganish davomida, fuqaro M.А. 2019 yil 27 fevralь kunidagi 6-sonli buyruq bilan Mingbuloq “Ichimliksuv” UK rahbari lavozimiga ishga qabul qilingan, biroq joriy yilning 1 aprelь kuniga qadar hisoblangan 

12 973 500 soʼm ish haqi hisoblangan boʼlsada, hozirgi kunga qadar toʼlab berilmaganligi aniqlandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 153-moddasida, mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim oʼrtasidagi kelishuvga binoan belgilanishi, mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdoridan oz boʼlishi mumkin emas va uning eng koʼp miqdori biron bir tarzda cheklanmasligi belgilab qoʼyilgan boʼlsa, Kodeksning 

154-moddasida, ish beruvchi oʼzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq Mehnat kodeksning 161-moddasida koʼrsatilgan muddatlarda toʼlashi shartligi belgilangan.

Shunga koʼra, tuman adliya boʼlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʼyicha Namangan tumanlararo sudiga fuqaro M.А.ning manfaatlari yuzasidan Mingbuloq “Ichimliksuv” unitar korxonasidan toʼlanmay qolgan 12 973 500 soʼm ish haqlarini undirish yuzasidan ariza kiritil. 

Natijada fuqaroga 2019 yildan beri toʼlanmay kelingan 12 973 500 soʼm oylik ish haqi unidirib berildi.


Mingbuloq tuman adliya boʼlimi