Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

OVORАGАRChILIK BАRXАM TOPDI


    Namangan shahar adliya boʼlimiga fuqaro X.I. tomonidan Namangan shahar xokimligining xatti-harakatlaridan norozi boʼlib yoʼllagan murojaati kelib tushdi.
  Maʼlum boʼlishicha, Namangan shahar xokimining 22.10.2018 yildagi 1495–sonli qarori asosida fuqarolar X.I. va M.M.ga yashab turgan uy-joyi buzilishi munosabati bilan 194/3 kvartalidan 400 m2 dan ikkita yer maydoni ajratilganligi aniqlandi. 
   Fuqaro X.I. yuqorida keltirilgan Namangan shahar xokimining qarori asosida ajratilgan yer uchastkalariga kadastr hujjatlari tayyorlatish uchun ushbu qarordan nusxa berishlarini soʼrab shahar xokimligiga murojaat qilgan.
   Biroq, Namangan shahar xokimligi tomonidan murojaatchilar talab qilayotgan hujjatlar oʼz vaqtida taqdim etilmagan. Fuqaro X.I. ushbu xolatdan norozi boʼlib Namangan shahar adliya boʼlimiga murojaat qilgan. Boʼlim tomonidan shahar xokimligiga soʼrov xati yuborish orqali 1495-sonli qarordan nusxa olinib, murojaatchiga taqdim etildi. 

Namangan shahar adliya boʼlimi