Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Prezident Farmoni ijrosi taʼminlanib, xodimlarga qoʼshimcha ustama unidirib berildi


Chust tuman adliya boʼlimiga Chust tuman, Toshqoʼrgʼon MFYda yashovchi fuqaro Sh.Toshboeva 2021 yil 28 aprelь kuni murojaat qilib, tumandagi 
52-sonli oʼrta umumtaʼlim maktabida 2020 yilda jamoat ishlariga jalb qilinib ishlanganligi, lekin ish haqi toʼlanmayotganligidan norozi boʼlib murojaat qilgan.
Oʼrganish davomida fuqaro Sh.Toshboeva tumandagi 52-sonli umumtaʼlim maktabi direktorining buyrugʼiga asosan 2020 yilning 
15 iyulь sanasidan 15 avgust kuniga qadar jamoat ishlarida ishlaganliklari, biroq tuman АBKM tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamgʼarmasi tashkil etish toʼgʼrisida” gi 799-son Qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʼlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom talablariga zid ravishda fuqaro Sh.Toshbaevaga ishlagan davri uchun 733.449 soʼm miqdordagi ish haqlari toʼlab berilmaganligi maʼlum boʼldi.
Ushbu holat yuzasidan tuman adliya boʼlimi tomonidan tuman АBKMga taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan taʼsir chorasiga asosan Sh.Toshbaevaga 733.449 soʼmlik ish haqi toʼlab berilishi taʼminlandi.

Chust tuman adliya boʼlimi