Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

DIQQАT E’LON !!!


Oʼzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2021 yil 11 martda tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18-19 fevralь kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan Аdliya vazirligi tomonidan 2021 yilda Namangan viloyatida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi”ning 2-bandi hamda Аdliya vazirining
2021 yil 13 apreldagi 128-um-son “Hududiy adliya organlari va tuman (shahar) adliya boʼlimlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash haqida”gi buyrugʼining 3-ilovasida Davlatobod tuman adliya boʼlimi binosini kapital taʼmirlash belgilangan,
Shunga koʼra, Davlatobod tuman adliya boʼlimi binosini mukammal taʼmirlash uchun “Kelajak-S” xususiy korxonasi tomonidan 350 286 242 (uch yuz ellik million ikki yuz sakson olti ming ikki yuz qirq ikki) soʼmlik loyiha-smeta xujjatlari tayyorlandi. Shuningdek, tovar xom-ashyo birjasiga joriy yilning 15 iyulь kuni № 7130612-sonli lot bilan mazkur binoni mukammal taʼmirlash uchun pudratchi tashkilotni aniqlash boʼyicha eʼlon joylashtirildi. Shunga koʼra, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan barcha qurilish tashkilotlarini mazkur idora binosini taʼmirlash boʼyicha 10 kun muddat ichida tegishli takliflarni Namangan viloyat adliya boshqarmasiga taqdim qilishingiz soʼraladi. Quruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan takliflar boshqarmaning xarid komissiyasi tomonidan koʼrib chiqilib, maqbul deb topilgan tashkilot bilan tegishli shartnoma rasmiylashtirilishi maʼlum qilinadi.

Ushbu eʼlon yuzasidan savollar tugʼilgan taqdirda boshqarmaning
(69)227-03-72 telefon raqami bilan bogʼlanishingiz mumkin.