Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Davlat idoralarining huquqiy targ‘ibot ishlari monitoring qilindi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil20 apreldagi 342-son qarori hamda mazkur qaror ijrosi yuzasidan Adliya vazirligining 2019 yil 25 apreldagi 130-um son buyrug‘ida adliya organlariga mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirlgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish vazifasi yuklatilgan.
Shunga ko‘ra, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatda 2021 yilning 6 oyi davomida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirlgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilindi.
Monitoring natijasida Namangan viloyatidagi davlat organlari tomonidan 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 15270 marotaba huquqiy targ‘ibot ishlari amalaga oshirilganli ma’lum bo‘ldi.
Shundan, 2970 tasi ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazeta va jurnal, veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar), 8435 tasi og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari (ma’ruzalar, davra suhbatlari, seminar va konferensiyalar, uyma-uy yurib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari) 3865 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlari (darslik va o‘quv-qo‘llanma, risola, savol-javob va sharhlovchi qo‘llanmalar, plakat, buklet va boshqa materiallar) hisoblanadi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalari tomonidan 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida jami
40592 marta huquqiy targ‘ibot tadbirlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan
7371 marotaba ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazeta va jurnal, veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar), 31925 tasi og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari (ma’ruzalar, davra suhbatlari, seminar va konferensiyalar, uyma-uy yurib o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari) 1296 tasi yozma va ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlari (darslik va o‘quv-qo‘llanma, risola, savol-javob va sharhlovchi qo‘llanmalar, plakat, buklet va boshqa materiallar) hisoblanadi.
Monitoring yakuniga ko‘ra, monitoring jarayonida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlariga (bir paytda tuman (shahar) tuzilmalariga ham) jami
34 ta taqdimnoma hamda kelgusida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan taqdirda javobgarlik choralari ko‘rilishi haqida 65 ta ogohnomalar kiritildi.
Bu boradagi ishlarni yana jadallashtirish borasida quyidagi takliflar berildi:
1. Davlat idorasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borilishini tashkil etish va nazorat qilishga aniq mas’ul xodimni belgilash (buyruq chiqargan xolda) orqali yo‘lga qo‘yish;
2. Normativ hujjatlarni keng aholiga qatlamiga yetkazish bo‘yicha idora va tashkilotlar tomonidan har oyda kamida bir marotaba “Huquqiy axborot kuni” kuni sifatida joylarda tadbirlar tashkil etish;
3. Soha faoliyatiga oid qonun hujjatlarini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tushuntirish bo‘yicha alohida targ‘ibot guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va har oyda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib borish;
4. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 apreldagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash Adliya vazirligi va hududiy adliya organlari tomonidan amalga oshirilishini hisobga olgan holda bu boradagi faoliyatni elektron hisobini yuritishni yo‘lga qo‘yish.
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy targ‘ibot tadbirlarining barchasi ijrochilar va aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, aholining huquqiy savodsizligini yo‘q qilishga qaratilgandir.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi