Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
11.05.2022

E’LON

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tizimidagi
bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha
El-0451/2022
E’LON
11-05-2022 dan 27-05-2022 qadar

T/r

Tuzilma nomi

Vakant lavozimlar soni

Tuman adliya bo‘limlarining Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi

Namangan tuman adliya bo‘limining Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

1

Kosonsoy tuman adliya bo‘limining Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

1

Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limining Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

1

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari

Davlatobod tuman adliya bo‘limining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

1

Kosonsoy tuman adliya bo‘limining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

1

Mingbuloq tuman adliya bo‘limining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

1

Namangan tuman adliya bo‘limining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

1

Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limining Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

1

Davlat xizmatlari markazlari

To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori

1

Kosonsoy tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori

1

Namangan tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori

1

Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori

1

Chortoq tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori

1

Pop tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho‘basi hisoblash texnikasi operatori

1

Uychi tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori

1

Uchqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori

1

Chust tuman adliya bo‘limining Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati ko‘rsatish va servis sho‘basi aloqa operatori

1

Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi FHDY arxivi

Arxivariuslar

6,5

Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxivi

Ish yurituvchi

1

JAMI

-

Tuman adliya bo‘limlarining Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasidagi bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha:

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

 

- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro qilish;

- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

- sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

- huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.

Rasmiy talablar:

 

- oliy yuridik (yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha) ma’lumotga ega bo‘lish;

- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga xorijiy tillarini yaxshi bilish;

- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

- barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

- ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

- oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha.
4-4,5 mln. so‘m

- xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;

- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.

- idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qo‘shimcha afzalliklar:

- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

- davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlaridagi bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha:

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

 

- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro qilish;

- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

- sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

- huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.

 

Faoliyat yo‘nalishi:

- yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

- davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

- davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

- davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

- davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.

Rasmiy talablar:

- oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;

- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga xorijiy tillarini yaxshi bilish;

- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

- barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

- ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

- oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha 3,5-4 mln. so‘m

- xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;

- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.

- idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qo‘shimcha afzalliklar:

- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

- davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Davlat xizmatlari markazlaridagi bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha:

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

Hisoblash texnikasi operatori:

Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

- banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;

- ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;

- arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;

- serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;

- fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zarobog‘lash)ni ta’minlash;

- serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;

- foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.


Lavozimga oid rasmiy talablar:

- axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Aloqa operatori:

Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

- “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlashda ko‘maklashish;

- davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

- tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga to‘liq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bog‘lanishni ta’minlash;

- telefon tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Lavozimga oid rasmiy talablar:

- Oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi FHDY arxividagi

bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha:

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:

- FHDY organlarida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlarini raqamlashtirish, ma’lumotlarni “FHDY yagona yelektron arxivi” axborot tizimiga kiritish hamda fuqarolarning jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)ni kiritish ishlarini amalga oshirish;

- Arxiv fondining saqlanishi, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd yetish daftarlari va boshqa hujjatlarning qonun talablari asosida saqlanishini ta’minlash;

- Arxivga kelib tushayotgan hujjatlar saqlanishini tashkil yetish;

- Ish yuritish boʻyicha tugallangan hujjatlarni qabul qilish;

- Saqlash birliklarini tegishli qoidalarga asoslanib shifrlash, tizimlashtirish, yig‘ma jildlarni joylashtirish hisobini kuzatish;

- Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarga fond tartib raqamini berish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarini tuzish, ro‘yxatdan chiqarish, yo‘q qilish kabi ishlarni bajarish;

- Arxiv hujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini belgilashda qatnashish;

- Arxiv xonasining qonun-qoidalarga asoslab saqlanishini kuzatish, yong‘inga qarshi choralarni ko‘rish, arxiv hujjatlariga asoslanib ko‘chirmalar, nusxalar, ma’lumotnomalarni berish, so‘rovnomalarga javob berish.

- Arxiv ishi haqidagi hisobotni tuzish uchun ma’lumot tayyorlash.

II. Lavozimga oid rasmiy talablar:

- oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

- muddatli mehnat shartnoma asosida ishga qabul qilinadi.

- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, vazminlik, vijdonlilik.

Qo‘shimcha afzalliklar:

- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

- yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi idoraviy notarial arxividagi

bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha:

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

Faoliyat yo‘nalishi:

 

- davlat notarial idoralarining hujjatlarini qabul qiladi, ro‘yhatga oladi, saqlaydi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;

- ijrosi tugagan hujjatlarni o‘z vaqtida arxivga topshirilishini nazorat qiladi;

- zaruriy hujjatlarni qidirib topishda uslubiy jihatdan yordam ko‘rsatadi;

- kelib tushgan xat va hujjatlarning hisobini yuritadi;

- notarial arxivda ish yuritish hujjatlari va materiallarini but saqlanishini ta’minlaydi.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

- ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

- munosib ish haqi;

- idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud. 

Qo‘shimcha afzalliklar:

- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

- yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

 

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

 

- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha soha va huquqiy bilimlarga ega bo‘lishi;

- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijro qilish;

- kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

Rasmiy talablar:

 

- oliy yoki o‘rta ma’lumot (soha yo‘nalishida);

- davlat tilini mukammal bilish, chet tillarini bilishi ijobiy qabul qilinadi;

- shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Nomzodlar 2022 yilning 27 may kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:

- shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka) (rasm o‘rnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);

- Tegishli ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplom ko‘chirma), Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan nomzodlar uchun belgilangan namunadagi diplom bilan birga baklavr yo‘nalishi bo‘yicha berilgan diplomi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli ko‘rinishdagi elektron PDF shakli);

- Kastum-shim, oq ko‘ylak galstukda tushilgan holatdagi rangli orqasi oq fonga olingan fotosurati (Elektron “JPG” formatda elektron shaklda);

- fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli ko‘rinishda elektron PDF shaklda).

Nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Murojaat uchun:

- Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 7A-uy).

- Ma’lumot uchun telefon raqami: 69-227-03-76.

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin

https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874

 

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш