Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
19.11.2021

E'lon

EʼLON

19-11-2021 yil

El-0218/2021-son

19-11-2021 dan.04-12-2021 gacha

 

Namangan viloyati adliya boshqarmasi huzurida yangi tashkil qilingan

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

 

 

T/r

Tuzilma nomi

Vakant lavozimlar

Jami

Markaz boshligʻi

Bosh yuriskonsult

1

Davlatobod tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

2

-

2

2

Kosonsoy tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

1

-

1

3

Mingbuloq tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

2

-

2

4

Namangan shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

1

-

1

5

Namangan tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

1

-

1

6

Norin tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

2

-

2

7

Uychi tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

1

-

1

8

Uchqoʻrgʻon tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

3

-

3

9

Yangi Namangan tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

1

-

1

10

Yangiqoʻrgʻon tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

2

-

2

JAMI

16

-

16

 

Faoliyat yoʻnalishi:

·      yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;

·      davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish;

·      davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

·      davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;

·      davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash.


Rasmiy talablar:

·      oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlish yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish;

·      mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yil ish staji (markaz boshligʻi lavozimi uchun), muqaddam bevosita faoliyat yoʻnalishida ishlaganlar afzallikga ega boʻladi;

·      davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

· oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga oʻrtacha 4-4,5 mln. soʻm

· xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;

· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket.

· idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qoʻshimcha afzalliklar:

· zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

· davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga koʻtarilish imkoniyati.

Murojaat muddati:

 

Nomzodlar 2021-yilning 4-dekabr kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:

·           shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka) (rasm oʻrnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);

·           oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (yoki diplom koʻchirma), Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida yuridik mutaxassislik boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan nomzodlar uchun belgilangan namunadagi diplom bilan birga baklavr yoʻnalishi boʻyicha berilgan diplomi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish
va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli koʻrinishdagi elektron PDF shakli);

·           Kastum-shim, oq koʻylak galstukda tushilgan holatdagi rangli orqasi oq fonga olingan fotosurati (Elektron “JPG” formatda elektron shaklda);

·           fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli koʻrinishda elektron PDF shaklda).

 

Nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.


Murojaat uchun:

  • Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy koʻchasi, 7A-uy).

·         Maʼlumot uchun telefon raqami: 69-227-03-76.

 

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ishga qabul qilish tartibi bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin

https://namangan.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=43874

Savollar ruyxati bilan quyidagi havolasi orqali tanishish mumkin;

https://www.minjust.uz/upload/iblock/2021yil/august/20/file1.pdf

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining
“1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш