Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
29.04.2026

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 3oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan ma'lumot

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 3oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan

 

M A’L U M O T

 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida, har tomonlama va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.

Bu borada raqamlarga murojaat etsak, 2026-yilning 3 oyligi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1 269 ta (shundan, hisobot boshidagi 35 ta qoldiq) murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 511 tasi (shundan hisobot boshidagi 20 ta qoldiq) adliya boshqarmasi markaziy apparatiga kelib tushgan.

Murojaatlarning 235 tasi hal etilib, shundan 113 tasi qanoatlantirilgan,
122 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 12 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 98 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga, 144 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 22 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2026-yilning 3 oyligi davomida 511 ta murojaatlar (219 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 17 ta qoldiq, 292 ta ariza, shundan hisobot boshidagi 3 ta qoldiq) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 47 ta;

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 106 ta;

Notariat va advokaturaga oid – 45 ta;

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 2 ta;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 3 ta;

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 197 ta;

boshqa sohalarga oid – 111 ta.

Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

 

Murojaatlarning 235 tasi hal etilib, shundan 113 tasi (48 %) qanoatlantirildi, 652 tasiga (52 %) huquqiy tushuntirish berildi.

Kelib tushgan jami (511 tadan) murojaatlarning 98 tasi (19%) tegishliligi boʻyicha, 144 tasi (28 %) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 12 tasi (2 %) koʻrmasdan qoldirilgan.

Xususan,

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 19 foizi (9 ta);

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 27 foizi (29 ta);

Notariat va advokaturaga oid – 27 foizi (12 ta);

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 100 foizi (2 ta);

Nodavlat-notijorat tashkilotlar faoliyatiga oid – 67 foizi (2 ta);

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 19 foizi (37 ta);

boshqa sohalarga oid – 20 foizi (22 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.

 

Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

 

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 30 ta taqdimnoma,
11 ta ma’muriy taklif, 5 ta (1 258 383 875 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan ta’sir choralari natijasida 1 424 432 375 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 8 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 8 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarni 3 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 26 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 191 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 157 tasi (82,2 %) hal etilgan, 3 tasi (1,6 %) ko‘rmasdan qoldirilgan, 12 tasi (6,2 %) esa tegishliligiga ko‘ra yuborilgan, 19 tasi (10 %) ish yurituvida.

Hal etilgan murojaatlarning 42 tasi (27 %) qanoatlantirilgan, 115 tasi (73%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Diagramma 3. Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilganlik natijalari tahlili.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

 

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 106 ta (44 ta shikoyat va 62 ta ariza) murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 56 tasi (53%) hal etilib, shundan 29 tasi (52%) qanoatlantirildi, 27 tasiga (48%) huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, murojaatlarning 10 tasi (9 %) tegishliligi boʻyicha, 26 tasi (24,5%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan va 4 tasi (2,8%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Qanoatlantirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 21 ta taqdimnoma, 6 ta ma’muriy taklif, sudlarga 4 ta (1 175 980 500 ming soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 1 424 429 000 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 1 ta hujjat bekor qilingan yoxud qonunchilikka muvofiqlashtirilgan.

Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 25 ta;

- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 4 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 3 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- davlat xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan 2 ta;

 

- sud qarorlari yuzasidan 2 ta;

- prokuratura organlari faoliyatiga doir 1 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 1 ta.

Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng koʻp kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

2. Notariat va advokatura sohasida.

 

Notariat va advokatura sohasida jami 45 ta (31 ta shikoyat, 14 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 33 tasi (73%) hal etilgan boʻlib, shundan 12 tasi (36%,) qanoatlantirildi, 21 tasiga (74%) huquqiy tushuntirish berilgan, 6 tasi (13,3%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan va 2 tasi (4,4%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- advokaturaga oid 3 ta;

- notariatga oid 28 ta.

Diagramma 5. Notariat va advokaturaga oid kelib tushgan shikoyatlarning sohalar kesimida tahlili.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2026-yil 3 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 758 ta (485 ta shikoyat, shundan hisobot boshidagi 10 ta qoldiq, 273 ta ariza, shundan hisobot boshidagi 5 ta qoldiq,) murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 673 tasi hal etilgan, shundan 515 ta murojaat qanoatlantirilgan, 158 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 7 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 14 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan va 64 tasi ish yurituvida qolgan.

Shikoyatlar boʻyicha:

2026-yilning 3 oyligi davomida jami 485 ta, shundan hisobot boshidagi 10 ta qoldiq, shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 441 tasi (91%) hal etilgan, 6 tasi (1,2%) taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 5 tasi (1 %) koʻrmasdan qoldirilgan va 33 ta (6,8%) shikoyat ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan shikoyatlarning 370 tasi (84 %) qanoatlantirilgan, 71 tasiga
(16 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

 

Diagramma 6. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilgan shikoyatlar tahlili.

Qanoatlantirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 134 ta taqdimnoma, 15 ta ma’muriy taklif, sudlarga 138 ta (2 318 041 791 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 2 264 022 889 soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 10 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 3 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 59 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 171 ta (86 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 19 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 27 ta;

- uy-joy masalasida 37 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 11 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 14 ta;

- yerga doir masalalar boʻyicha 9 ta;

- notariat faoliyatiga doir 1 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 12 ta;

- yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- sud organlari faoliyatiga oid 2 ta;

- boshqa masalalar boʻyicha 171 tani tashkil etmoqda.

Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:

2026-yilning 3 oyligi davomida jami 273 ta, shundan hisobot boshidagi 5 ta qoldiq ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 232 tasi (85 %) hal etilgan, 8 tasi (3 %) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 2 tasi (0,7%) koʻrmasdan qoldirilgan va 31 tasi (11%) ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan arizalarning 145 tasi (62,5 %) qanoatlantirilgan, 87 tasiga
(37,5 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

Arizalarning xususiyati boʻyicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 24 ta;

Advokaturaga oid 5 ta;

boshqa masalalarda 239 ta arizalar kelib tushgan.

 

IV. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:

 

- Namangan tumani (hal etilgan 21 ta, qanoatlantirilgan 21 ta (100 %);

- Pop tumani (hal etilgan 24 ta, qanoatlantirilgan 24 ta (100 %);

- Uchqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 23 ta, qanoatlantirilgan 22 ta (95,6 %);)

- Mingbuloq tumani (hal etilgan 48 ta, qanoatlantirilgan 45 ta (93,7 %);

- Norin tumani (hal etilgan 31 ta, qanoatlantirilgan 29 ta (93,5 %).

 

Diagramma 7. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi yuqori boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:

- Davlatobod tumani (hal etilgan 41 ta, qanoatlantirilgan 31 ta (75,6%)

- Yangiqo‘rg‘on tumani (hal etilgan 32 ta, qanoatlantirilgan 22 ta (68,7%);

- Namangan shahri hal etilgan 47 ta, qanoatlantirilgan 29 ta (61,7 %).

 

Diagramma 8. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga hamda ijro intizomiga qat’iy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini hamda kiritilgan ta’sir choralarini ijrosini belgilangan muddatda hamd to’liq shaklda ta’minlanishiga e’tibor berish;

3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha mas’ullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish hamda sayyor qabullarda kelib tushayotgan murojaatlarni qanoatlantirishga alohida e’tibor qaratish;

5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish choralarini koʻrish;

6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida e’tibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida e'tibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash hamda qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lgan murojaatlarni huquqiy tushuntirish berish orqali hal etmaslik.

 

 

Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi


Рўйҳатга қайтиш