E ‘ L O N
El-1089/2024 -sonli
E ‘ L O N
№1
11.05.2024 yil
11-05-2024 dan 21-05-2024 gacha
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi
bo‘sh (vakant) lavozim
T/r |
Bo‘sh (vakant) joy nomi |
Vakant lavozim |
Shtat soni |
1 |
Norin tuman adliya bo‘limining Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi |
bosh maslahatchi |
1 ta |
Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar
- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;
- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro qilish;
- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;
- huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;
- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.
Rasmiy talablar:
- oliy yuridik (yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha) ma’lumotga ega bo‘lish;
- mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yil ish staji, muqaddam bevosita faoliyat yo‘nalishida ishlaganlar afzallikga ega bo‘ladi;
- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi;
- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha.
5,5-6 mln. so‘m
· xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Qo‘shimcha afzalliklar:
· zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;
· davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.
Murojaat muddati:
Nomzodlar 2024-yilning 21-aprel kuniga (21 aprel kuni ham) qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:
· shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka) (rasm o‘rnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);
· oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplom ko‘chirmasi), chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli ko‘rinishdagi elektron PDF shakli);
· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati (Elektron JPG formatda elektron shaklda);
· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli ko‘rinishda elektron PDF shaklda).
Murojaat uchun:
- Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 7A-uy).
· Ma’lumot uchun telefon raqami: 69-227-05-45, 69-227-03-76
Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
Ishga qabul qilish tartibi va Savollar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin
https://adliya.uz/search?p=1&title=savollar&body=&date_year=&date_month=
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.