Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
16.10.2026

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili yuzasidan ma'lumot

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning tahlili yuzasidan

 

M A’L U M O T

 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida, har tomonlama va sifatli koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.

Xususan, 2026-yilning 9 oyligi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 924 ta (2 210 ta shikoyat, 1714 ta ariza) murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 1 553 tasi adliya boshqarmasining markaziy apparatiga kelib tushgan.

Murojaatlarning 3 107 tasi hal etilib, shundan 2 057 tasi (66,2%) qanoatlantirilgan, 1 045 tasiga (33,6%) huquqiy tushuntirish berilgan va 5 tasi ko‘rib chiqilishi rad etilgan.

Jami kelib tushgan murojaatlarning (3 924 ta) 382 tasi (10%) tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga, 263 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan. 64 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 108 tasi ish yurituvida qolmoqda.

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarning (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2026-yilning 9 oyligi davomida 1 553 ta murojaatlar (672 ta shikoyat, 881 ta ariza) kelib tushgan.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:

Huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 128 ta;

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 328 ta;

Notariat va advokaturaga oid – 151 ta;

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 14 ta;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 15 ta;

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 523 ta;

Boshqa sohalarga oid – 384 ta.

 

Murojaatlarning 879 tasi hal etilib, shundan 409 tasi (46,5 %) qanoatlantirildi, 470 tasiga (53,5 %) huquqiy tushuntirish berildi.

Xususan hal etilganlarga nisbatan (879 ta):

Huquqni qoʻllash amaliyotiga oid 85 ta – 48 % (41 ta);

Inson huquqlarini himoya qilishga oid 239 ta – 49 % (117 ta);

Notariat va advokaturaga oid 125 ta – 29 foizi (36 ta);

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid 14 ta – 64 foizi (9 ta);

Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga oid 13 ta – 54 foizi (7 ta);

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid 304 ta – 51 foizi (156 ta);

boshqa sohalarga oid 99 ta – 43 foizi (43 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.

 

 

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 44 ta taqdimnoma,
33 ta ma’muriy taklif, 17 ta (2 514 392 000 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan ta’sir choralari natijasida 2 733 081 000 soʻm pul mablagʻlari undirilgan. Shuningdek, 25 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, 43 ta hujjat bekor qilindi.

II. Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga 2026-yilning 9 oyligi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 2 371 ta (1538 ta shikoyat, 833 ta ariza) murojaatlar kelib tushgan.

Murojaatlarning 2 228 tasi hal etilgan, shundan 1 648 ta (74%) murojaat qanoatlantirilgan, 575 tasiga (25,8%) huquqiy tushuntirish berilgan va 5 tasi rad etilgan.

Shikoyatlar boʻyicha:

2026-yilning 9 oyligi davomida jami 1 538 ta, shundan hisobot boshidagi
10 ta qoldiq shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 1 477 tasi (96%) hal etilgan, 19 tasi (1,2%) taalluqliligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 11 tasi (0,7 %) koʻrmasdan qoldirilgan va
31 ta (2%) shikoyat ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan shikoyatlarning 1 181 tasi (80 %) qanoatlantirilgan, 291 tasiga
(19,7 %) huquqiy tushuntirish berilgan va 5 tasi (0,3 %) rad etilgan.

 

 

Qanoatlantirilgan shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlari boʻyicha 387 ta taqdimnoma, 51 ta ma’muriy taklif, sudlarga 398 ta (4 218 342 222 soʻmlik) da’vo arizalari kiritilgan.

Mazkur ta’sir choralarining natijalari yuzasidan 4 429 690 428 soʻm pul mablagʻlari undirilgan.

Shuningdek, 32 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka hamda 6 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 169 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 517 ta (254 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- ta’limga doir qonun hujjatlari yuzasidan 49 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 85 ta;

- uy-joy masalasida 89 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 42 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 45 ta;

- yerga doir masalalar boʻyicha 40 ta;

- notariat faoliyatiga doir 1 ta;

- advokatura faoliyatiga doir 1 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 31 ta;

- yuridik xizmatga doir qonun hujjatlari yuzasidan 1 ta;

- sud organlari faoliyatiga oid 4 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 4 ta;

- boshqa masalalar boʻyicha 617 tani tashkil etmoqda.

Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:

2026-yilning 9 oyligi davomida jami 828 ta, shundan hisobot boshidagi
5 ta qoldiq ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 751 tasi (90,4 %) hal etilgan, 39 tasi (4,6 %) taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 4 tasi (0,4%) koʻrmasdan qoldirilgan va 39 tasi (4,6%) ish yurituvida qolgan.

Hal etilgan arizalarning 467 tasi (62%) qanoatlantirilgan, 284 tasiga
(38 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

Arizalarning xususiyati boʻyicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 34 ta;

Advokaturaga oid 5 ta;

boshqa masalalarda 430 ta arizalar kelib tushgan.

 

III. Adliya boʻlimlari tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:

 

№

Adliya bo‘limi nomi

Hal etilgan

Qanoat

Tushuntirish

%

1.

Kosonsoy

92

72

15

78

2.

Mingbuloq

101

89

12

88

3.

Namangan t

97

94

3

97

4.

Norin

101

90

11

89

5.

Pop

64

50

14

78

6.

Toʻraqoʻrgʻon

173

162

11

94

7.

Uychi

91

69

22

76

8.

Uchqurgʻon

103

82

21

80

9.

Chortoq

103

83

20

81

10.

Chust

152

115

37

76

11.

Yangiqoʻrgʻon

102

69

33

68

12.

Namangan shahri

129

80

49

62

13.

Davlatobod

117

87

30

74

14.

Yangi Namangan

52

39

13

75

Jami

 

1477

1181

291

80%

Izoh: Qanoatlantirish foizi baland hudud yashil, foizi past hudud qizil rangda.

 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish maqsadida tegishli idoralarga taqdimnomalar va ma’muriy takliflar kiritildi, sudlarga da’vo arizalari yuborildi. Hisobotda qayd etilishicha, qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida mablag‘lar undirildi yoki fuqarolarga qaytarildi, ayrim hujjatlar bekor qilindi hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rildi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik, xolislik va muddatlarga rioya etish, masalalarni imkon qadar joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Shuningdek, murojaatlar ko‘p kelib tushayotgan yo‘nalishlar tahlil qilinib, muammolar sabablarini bartaraf etish va aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Takliflar:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga hamda ijro intizomiga qat’iy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini ta’minlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini hamda kiritilgan ta’sir choralarini ijrosini belgilangan muddatda hamd to’liq shaklda ta’minlanishiga e’tibor berish;

3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha mas’ullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish hamda sayyor qabullarda kelib tushayotgan murojaatlarni qanoatlantirishga alohida e’tibor qaratish;

5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish choralarini koʻrish;

6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida e’tibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida e'tibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash hamda qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lgan murojaatlarni huquqiy tushuntirish berish orqali hal etmaslik.

 

 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Rejalashtirish va nazorat-tahlil

shoʻbasi


Рўйҳатга қайтиш