2026-YILNING 6 OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAQIDA MAʼLUMOT
Mundarija
1. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti va hukumati hujjatlari ijrosi sohasida - 3
2. Huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va metodik taʼminlash sohasida - 3-5
3. Huquqiy targʻibotni amalga oshirish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasida - 6-8
4. Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati sohasi - 8-9
5. Notariat, advokatura va mediatsiya sohasida -9-10
6. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida - 10-12
7. Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati sohasida - 12
8. Davlat xizmatlarini koʻrsatish ustidan nazorat sohasida - 12-13
9. Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida- 13-14
10. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sohasida- 14-15
11. Moliya-iqtisod va xoʻjalik faoliyati va mehnatni muhofaza qilish sohasida - 15
12. Kadrlar bilan ishlash sohasida - 15-17
1. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA HUKUMATI HUJJATLARI IJROSI SOHASIDA.
I. Shoʻba tomonidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazish sohasida:
Shoʻba tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida qonunchilik hujjatlari ijrosi boʻyicha 1 ta oʻrganishlar hamda 202 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha axborot va tahliliy maʼlumotnomalar vazirlikka taqdim etilgan.
Oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasida 95 ta qonunchilik hujjatlari hamda topshiriqlar ijrosi buzilishi, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi holatlari aniqlangan.
Ijrosi bevosita hududlarda amalga oshirilishi nazarda tutilgan topshiriqlar boʻyicha bajarilgan amaliy ishlarni “joyiga chiqib oʻrganish” amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
II. Taʼsir choralar kiritilishi boʻyicha:
Shoʻba tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasi boʻyicha aniqlargan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan 11 ta taqdimnoma, 16 ta ogohnoma hamda viloyat hokimligiga 6 ta tahliliy maʼlumotnoma va xatlar kiritilgan, shuningdek, mansabdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha 1 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish hujjatlari rasmiylashtirilgan.
Kiritilgan taʼsir choralari natijasida topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan deb topilgan 19 nafar xodimlarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi, 1 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan 15 ta topshiriqlar ijrosiga huquqiy-uslubiy jihatdan koʻmaklashildi.
III. Huquqiy targʻibot va takliflar ishlab chiqish sohasida:
Shoʻba tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari, ularning mazmun-mohiyati hamda ijrosini tashkil etish, ijro intizomi yoʻnalishida 4 marotaba davlat organlari va tashkilotlarida davra suhbatlari va seminarlar tashkil qilindi. Sohani takomillashtirish boʻyicha 4 ta taklif ishlab chiqildi.
2. HUQUQNI QOʻLLASH AMALIYOTINI OʻRGANISH VA METODIK TAʼMINLASH SOHASIDA.
I. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari sohasida:
Shoʻba tomonidan 4 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganish yuzasidan 4 ta oʻrganish, shuningdek 5 ta monitoring oʻtkazilib, oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar davomida jami 2 204 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlari (hokimliklarda 1 542 ta va boshqa tashkilotlarda 662 ta) aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga jami 13 ta taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan taʼsir choralar natijasida taqdimnomalarga asosan:
- 1 ta hujjat bekor qilindi hamda 6 ta hujjat qonunchilikka muvofiqlashtirildi;
- 2 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi;
- 1 200 ta holatdagi muddat buzilishlar bartaraf etildi.
Xususan, shoʻba tomonidan “MEVAZOR ALIXON” MCHJ direktori S.X.ning elektron onlayn-auksion orqali sotib olingan koʻchmas mulk boʻyicha rasmiylashtirilgan shartnoma talablari hududiy boshqarma tomonidan bajarilmayotganligidan norozi boʻlib yozgan murojaati koʻrib chiqilib,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “MEVAZOR ALIXON” MCHJga elektron onlayn-auksion orqali sotib olingan koʻchmas mulkka nisbatan tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomasiga asosan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderiga “Tasarruf etish huquqi bilan” yozuvi kiritilishi ta’minlandi.
Shuningdek, boʻlim tomonidan 32 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, oʻtkazilgan oʻrganishlar va tahlillar natijasida viloyat hokimligiga 3 ta va Adliya vazirligiga 5 ta tahliliy maʼlumotlar kiritildi.
II. Qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Shoʻba tomonidan oʻtgan davr mobaynida jami 6 ta taklif koʻrib chiqish uchun Adliya vazirligiga yuborildi.
III. Murojaatlarni koʻrib chiqish sohasida:
Shoʻbaga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 89 ta murojaatlar (9 ta shikoyat va 80 ta ariza) kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlarning 86 tasi (96.6 %) koʻrib chiqilib, 31 tasi
(40.4 %) qanoatlantirilgan va 29 tasiga
(32.5 %) huquqiy tushuntirish berilgan,
1 ta (1.1 %) murojaatni koʻrib
chiqish uchun tegishli tashkilotga yoʻnaltirilgan.
IV. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan:
Namangan viloyati adliya boshqarmasining tomonidan mazkur qonun ijrosi yuzasidan tizimli nazorat oʻrnatilgan.
Xususan “Eʼtirof AAT” tizimiga
2026-yilning 30-iyun holatiga viloyat boʻyicha kadastr organlari tomonidan
avtomatlashtirilgan axborot tizimida
59 710
ta elektron yigʻma jild
shakllantirilgan boʻlib, bundan 36 260 ta ikki oylik muhokama jarayonida, 17 419 ta
jamoatchilik muhokamasida, 4 477 ta adliya boshqarmasida, 1 311 ta
vakolatli tashkilotlarga tahrirlash uchun chiqarilgan.
Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 14 912 ta elektron yigʻma jildlar koʻrib chiqilib 11 540 ta ijobiy, 2 061 ta salbiy xulosalar avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan.
Namangan viloyatida 8 327 nafar shaxsning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etildi.
Hozirgi kunda 2 776 ta elektron yigʻma jildlar toʻlov bosqichida
hamda
100 ta
yigʻma jildlar Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashida qaror chiqarish
bosqichiga oʻtkazilgan.
Qonun ijrosi yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan muddat buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan hamda notoʻgʻri maʼlumotlar kiritayotgan, xatlov jarayonida sustkashlikka yoʻl qoʻygan vakolatli tashkilotlarga nisbatan 55 ta taqdimnoma hamda 51 ta ogohnoma chiqarilgan.
Bundan tashqari, Namangan viloyati prokuraturasiga xulosalar berishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan hamda notoʻgʻri maʼlumotlar kiritayotgan masʼul xodimlar xarakatlariga xuquqiy baxo berish uchun 8 marotaba xatlar chiqarilgan.
Yuqoridagi taʼsir choralar natijasida 45 nafar shaxsga nisbatan intizomiy taʼsir choralari 15 ortiq shaxsga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanildi.
3. HUQUQIY TARGʻIBOTNI AMALGA OSHIRISH HAMDA HUQUQIY AXBOROTNI TARQATISH VA UNDAN FOYDALANISHNI TAʼMINLASH SOHASIDA.
I. Umumiy statistika.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan 2026-yilning oʻtgan davrida jami 23 605 ta (boshqarma tomonidan 1 785 ta, adliya boʻlimlari tomonidan 21 820 ta) huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirildi.
Xususan, oʻtgan davr mobaynida ommaviy axborot vositalari orqali jami 6224 ta, shundan 309 marotaba televideniyada, 303 marotaba radioda,
235 marotaba gazeta va jurnallarda, 3071 marotaba veb-sayt va boshqa
elektron axborot vositalarida chiqishlar qilindi.
Shuningdek, 2026-yilning oʻtgan davrida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar xodimlari tomonidan joylarda jami 17 381 ta ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari (shundan 15 304 tasi manzilli targʻibot), shundan 2134 ta maʼruza, 1653 ta davra suhbati, 797 ta seminar oʻtkazilib, 12 659 ta holatda uyma-uy yurgan holda aholiga yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati yetkazildi.
Ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari 12 782 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida, 1 408 ta taʼlim muassasalarida, 1 511 ta mehnat jamoalarida va 1 088 tasi boshqa joylarda oʻtkazildi.
Shuningdek, jami 1 660 nusxada 31 turdagi yozma targʻibot (oʻquv-qoʻllanma va risolalar) hamda joylarda huquqiy targʻibot tadbirlari davomida jami 30 768 nusxada 1 084 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.
2026-yil 1-yarmida davrida boshqarma va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlari
|
№ |
Tuman (shahar)lar |
Jami OAVlarida |
TV |
radio |
Gazeta va va jurnal |
Veb-sayt va boshqalar |
Jami ogʻzaki huquqiy targʻibot |
Maʼruza (uchrashuv) |
Davra suhbati |
Seminar |
Konferensiya |
Uyma-uy borib |
Manzilli targʻibot |
Yozma huquqiy targʻibot |
Koʻrgazmali targʻibot |
JAMI TARGʻIBOT |
|
1. |
Kosonsoy |
157 |
12 |
8 |
12 |
60 |
1923 |
70 |
65 |
41 |
0 |
1747 |
1781 |
0 |
87 |
2080 |
|
2. |
Mingbuloq |
259 |
10 |
11 |
18 |
138 |
300 |
15 |
73 |
17 |
0 |
195 |
300 |
0 |
29 |
559 |
|
3. |
Namangan |
195 |
10 |
13 |
14 |
119 |
393 |
61 |
73 |
11 |
0 |
248 |
393 |
0 |
25 |
588 |
|
4. |
Norin |
290 |
24 |
18 |
15 |
144 |
866 |
55 |
54 |
0 |
0 |
757 |
464 |
0 |
5 |
1156 |
|
5. |
Pop |
128 |
10 |
13 |
16 |
33 |
4370 |
1080 |
325 |
255 |
0 |
2710 |
4370 |
10 |
72 |
4498 |
|
6. |
Toʻraqoʻrgʻon |
280 |
11 |
12 |
15 |
189 |
241 |
0 |
65 |
14 |
0 |
162 |
232 |
0 |
14 |
521 |
|
7. |
Uychi |
406 |
12 |
36 |
27 |
210 |
206 |
48 |
55 |
48 |
0 |
55 |
156 |
0 |
17 |
612 |
|
8. |
Uchqoʻrgʻon |
106 |
7 |
10 |
10 |
44 |
211 |
11 |
10 |
12 |
0 |
178 |
211 |
18 |
48 |
317 |
|
9. |
Chortoq |
1294 |
38 |
46 |
14 |
948 |
3552 |
144 |
152 |
50 |
0 |
3206 |
3552 |
2 |
96 |
4846 |
|
10. |
Chust |
747 |
11 |
12 |
19 |
515 |
963 |
166 |
228 |
46 |
0 |
523 |
226 |
0 |
15 |
1710 |
|
11. |
Yangiqoʻrgʻon |
260 |
19 |
21 |
29 |
93 |
2846 |
94 |
104 |
60 |
0 |
2588 |
2846 |
0 |
63 |
3106 |
|
12. |
Davlatobod |
325 |
25 |
22 |
18 |
175 |
231 |
11 |
44 |
0 |
0 |
38 |
93 |
0 |
12 |
556 |
|
13. |
Namangan shahri |
363 |
7 |
10 |
9 |
209 |
231 |
119 |
48 |
14 |
0 |
50 |
203 |
0 |
6 |
594 |
|
14.
|
Yangi Namangan |
415 |
12 |
2 |
7 |
298 |
262 |
64 |
138 |
0 |
0 |
60 |
262 |
0 |
|
677 |
|
15. |
Adliya boshqarmasi |
999 |
101 |
69 |
12 |
526 |
786 |
196 |
219 |
229 |
0 |
142 |
215 |
2 |
40 |
1785 |
|
Jami |
6224 |
309 |
303 |
235 |
3701 |
17381 |
2134 |
1653 |
797 |
0 |
12659 |
15304 |
32 |
529 |
23605 |
|
II. Huquqiy targʻibot sohasini yanada samaradorligini oshirish, davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yaxshilash borasida huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ijobiy ishlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholi va ijrochilarga yetkazish va ularning Namangan viloyatida ijro etish holatini nazorat qilish natijalari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarga moʻljallangan “Qaror va farmon sharhi” kontentlari tayyorlanib kelinmoqda. Ayni vaqtga qadar mazkur kontentlarning 45 ta soni tarmoqlarga joylandi.
Qolaversa, viloyat televideniyesiga hafta davomida huquqiy mazmunda kelib tushayotgan savollarga javob berish maqsadida “Guldasta” (jonli efir) dasturida “Huquqiy maslahat” rukni tashkil etildi. Unda Adliya boshqarmasi va uning tuman (shahar) boʻlimlarining mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ayni vaqtga qadar ushbu koʻrsatuvda 26 nafar xodim ishtirok etdi.
Bundan tashqari, “Adliya aralashgach”, “Bir murojaat izidan”, “Mahalla huquqshunosi” loyihalari doirasida reportajlar va postlar tayyorlanmoqda.
4. NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR FAOLIYATI SOHASIDA.
Hozirgi kun holatiga Namangan viloyatida 643 ta NNT faoliyat yuritmoqda. Shundan, 465 tasi davlat roʻyxatidan, 178 tasi hisob roʻyxatidan oʻtgan NNTlar tashkil etadi.
Davlat roʻyxatidan oʻtgan 465 ta NNTning 386 tasi jamoat birlashmalari, 47 tasi jamoat fondlari, 23 tasi muassasa shakldagi, 9 ta boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi NNTlar hisoblanadi.
Hisob roʻyxatidan oʻtgan 178 ta NNTning 154 tasi jamoat birlashmalari, 13 tasi jamoat fondlari, 10 tasi muassasa, 1 tasi boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi NNTlar hisoblanadi.
Shu jumladan, 2025-yildan boshlab kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotlarini hisobga qoʻyish amaliyoti yoʻlga qoʻyilib, 2026-yilning yarim yilligi davomida 20 ta yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushma boshlangʻich tashkilotlari hisobga qoʻyilgan.
Shundan viloyatda faoliyat
yuritayotgan jami 643 ta NNTning
540 tasini jamoat birlashmasi, 60 tasini
jamoat
fondlari, 33 tasini muassasalar va 10 tasini boshqa tashkiliy- huquqiy shaklda NNTlar
tashkil qiladi.
Shuningdek, viloyatda 196 ta islomiy hamda 4 ta noislomiy, jami 200 ta diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2026-yil 1-aprel holatiga roʻyxatdan oʻtkazish masalasida 8 ta, 16 ta qayta roʻyxatga olish masalasida NNTlarning arizalari kelib tushgan hamda barchasi qanoatlantirilgan.
2024-yil 1-aprel holatiga viloyatda 14 ta doimiy faoliyat koʻrsatuvchi hakamlik sudlari mavjud.
Shoʻba tomonidan hisobot davrida 16 ta NNTda oʻrganish oʻtkazildi, 9 ta NNT monitoringi amalga oshirildi hamda NNT va DTlar tomonidan adliya vazirligining e-ngo.uz elektron portali orqali taqdim etilgan 861 ta tadbirlar va 87 ta rahbar organlar rekvizitlari toʻgʻrisidagi xabarnomalar yuzasidan tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlandi.
Yuqoridagi nazorat tadbirlari natijalari yuzasidan 2 ta maʼmuriy bayonnoma, 2 ta maʼmuriy taklif rasmiylashtirildi hamda 113 ta taqdimnomalar tegishli tartibda qonunbuzilish sodir etgan tashkilotlarga chiqarildi.
5. NOTARIAT, ADVOKATURA VA MEDIATSIYA SOHASIDA.
2026-yilning 6 oyi davomida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyatida 10 ta rejali tekshiruv, 34 ta reyd, 20 ta sirli mijoz, 12 ta xizmat tekshiruvi, 4 ta kameral tekshiruv nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Nazorat tadbirlarida jami
22 ta holatda, jumladan, rejali tekshiruvda
10 nafar, reydda 7 nafar, sirli mijozda 1 nafar, xizmat tekshiruvida 2 nafar, kameral tekshiruvda 2 nafar notariuslarning
xatti-harakatlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
Shunga asosan, boshqarma huzuridagi Malaka komissiyasi tomonidan 7 ta komissiya yigʻilishlari oʻtkazilib, unda jami 22 ta holat boʻyicha notariuslarga berilgan litsenziya va notarius maqomining amal qilishi 15 kundan 2 oygacha boʻlgan muddatlarga toʻxtatilgan.
Taʼkidlash lozimki, viloyatda 2026-yil boshida notariuslar soni 60 nafarni tashkil etgan boʻlib, 6 oy davomida 6 nafar talabgor litsenziya olgan.
Bundan tashqari, viloyatda 110 ta advokatlik tuzilmalari roʻyhatga olingan boʻlib, shundan 95 tasi advokatlik byurolari, 9 tasi advokatlik firmalari va 6 tasi advokatlar hayʼatlari mavjud boʻlib, ushbu tuzilmalarda jami 284 nafar advokatlar faoliyat yuritmoqda.
Boshqarma tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida 29 nafar talabgorlarga advokatlik litsenziyalari berilgan boʻlsa, 29 nafar advokatlarga advokatlik guvohnomlari berilgan (yangisiga almashtirishlar bilan).
Boshqarma tomonidan qonunbuzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan
1 nafar advokatning litsenziyasi va
maqomi maʼmuriy sud qaroriga asosan,
1 nafar advokatning litsenziyasi va
maqomi jinoyat ishiga ayblanuvchi tariqasida jalb etilganligi uchun, 2 nafar advokatning advokatlik maqomi
oʻz arizasiga asosan (mehnatga
layoqatsizlik davri tugagunga qadar) tegishli muddatlarga toʻxtatilgan.
Shuningdek, 8 nafar
advokatning litsenziyasi va maqomi oʻz arizasiga asosan,
1 nafar advokatning litsenziyasi va
maqomi sud hukmiga asosan tugatilgan.
6. INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA.
I. Oʻtkazilgan tekshirishlar yuzasidan:
Shoʻba tomonidan 2026-yilning 2-choragi davomida 14 ta davlat organi va tashkilotlarida 14 ta oʻrganishlar va 1 ta monitoring oʻtkazildi.
2. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqilishi:
Boshqarmaga inson huquqlarini himoya
qilish sohasida 2026-yilning
2-choragi davomida jami 213 ta
ariza va shikoyat kelib tushgan boʻlib, murojaatlarning 138
tasi sho`ba tomonidan hal etilgan, shundan 69 ta (50 %) murojaat qanoatlantirilgan, 69 ta
(50 %)
murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan.
Shu bilan birga, 5 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan, 34 ta murojaat hal etish uchun adliya boʻlimlariga yuborilgan, 20 ta murojaat esa taalluqliligi boʻyicha tegishli davlat organlari va idoralarga yoʻnaltirilgan.
Murojaatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, 32 ta hujjat bekor qilingan yoki yangi qabul qilingan.
Shuningdek, oʻtkazilgan oʻrganish va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish yakunlari boʻyicha jami 25 ta turli idora va tashkilotlarga taqdimnoma, 10 nafar aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga taklif (bayonnoma), 1 ta ogohnoma hamda sudlarga 10 ta daʼvo arizalari kiritilgan.
Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 10 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 2 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilgan boʻlsa, kiritilgan taqdimnomalarga asosan 332 362 498 soʻmlik hamda daʻvo arizalarga asosan 1 841 185 423 soʻmlik fuqarolarga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari undirilishi taʼminlandi.
Xususan, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro V.Imomnazarovning To'raqo'rg'on tuman hokimligi tomonidan ishga tiklash kechiktirilganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progulning butun davri uchun o'rtacha oylik ish haqi undiri shdamaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqilgan.
Chust tumanlararo sudining 2024-yil 21-noyabrdagi 2-1603-2406/17514-sonli hal qiluv qarorining V.I.ni ishga tiklashga oid qismi ish beruvchi tomonidan kechiktirilib, hozirga qadar ijro etilmagan va xodim ishga tiklanmagan
Adliya boshqarmasi tomonidan Chust tumanlararo sudiga daʻvo ariza kiritilgan hamda sudning 2026-yil 26-maydagi hal qiluv qarori bilan fuqaro V.I ga ishga tiklashni kechiktirilgan davri uchun 104.025.364,33 so`m kompensatsiya to`lovi to`lanishi taʻminlandi.
Shuningdek, D.Kning “Namangan viloyati suv ta'minoti” aksiyadorlik jamiyatidan to'lab berilmagan ish haqini undishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati yuzasidan Namangan tumanlarao sudiga ariza kiritilib, sudning 2026-yil 18-iyundagi buyrug`I bilan xodimga 52 510 724 so'm ish haqi to`lab berilishi ta’minlandi.
Yana bir holatda fuqaro M.M.ning ish joyidan to'lab berilmagan ish haqilarini undishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish davomida olingan
hujjatlarga koʻra 06.05.2026-yil holatiga Namangan viloyati “Toza hudud” davlat
muassasasi xodimlar M.M.dan
9 561 039,11 so`m ish haqi hisobidan
qarzdor ekanligi maʼlum boʻldi.
Shunga koʻra, boshqarma tomonidan
Namangan viloyati “Toza hudud” davlat muassasasidan toʻlab berilmagan 9 561 039,11 soʻm ish haqini kechiktirgan kunlar uchun pulli kompensatsiya bilan
birga undirish toʻgʻrisida daʻvo ariza kiritilib, sudning 2026-yil 13-iyundagi
hal qiluv qarori bilan Namangan viloyati “Toza hudud” davlat muassasasi
hisobidan manfaatdor M.M foydasiga
9 561 039,11 soʻm toʻlanmagan ish haqini, mazkur ish haqiga 10 976 072,09 soʻm
kompensatsiya, 3.000.000 soʻm maʼnaviy
zarar undirilishi taʻminlandi.
Shoʻbaga quyidagi soha va yoʻnalishlar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi:
.- Mehnat nizolari yuzasidan 53 ta (39 %) shundan:
oylik ish haqi masalasida 39 ta;
- Taʻlim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari boʻyicha 9 ta (6.3 %);
- Ijtimoiy himoyaga oid qonunlar boʻyicha 5 ta (3.1 %);
- Kommunal toʻlovlar boʻyicha 7 ta (4.7 %);
- Soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta (1.5 %);
- Yerga oid qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta (3.1 %);
- Banklar faoliyatiga oid qunun hujjatlari yuzasidan 1 ta (1.5 %);
- Davlat xizmatlarini koʻtsatish sohasida 3 ta (3.1 %);
- Sud qarorlari yuzasidan 2 ta (3.1 %);
- Prokuratura organlari faoliyatiga doir 1 ta (1.5 %);
- Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 3 ta (1.5 %).
7. DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI HAMDA FHDY ORGANLARI FAOLIYATI SOHASIDA.
2026-yil 6 oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari hamda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish, ochiqlik va shaffoflikni taʻminlash, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
2026-yilning 1-yarimida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 1 076 750 ta davlat xizmati koʻrsatilib, shundan:
399 562 tasi bevosita markazlar orqali,
677 188 tasi elektron shaklda amalga oshirildi.
Viloyatda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Sayyor tartibda davlat xizmatlarini amalga oshirish va fuqarolarga interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etilgan.
2026-yilning birinchi choragida 35 501 ta sayyor tartibda va interaktiv kiosklar orqali 4 731 ta davlat xizmatlarini amalga oshirilgan.
FHDY organlari tomonidan jami:
· 33 288 ta tugʻilish,
· 6 626 ta nikoh,
· 2 103 ta ajrim,
· 7 116 ta oʻlim holatlari qayd etildi.
Shuningdek, arxiv
dalolatnoma yozuvlarini raqamlashtirish doirasida
230 682 ta yozuv elektron bazaga kiritildi hamda 127 220 ta yozuvga JShShIR biriktirildi.
8. DAVLAT XIZMATLARINI KOʻRSATISH USTIDAN NAZORAT SOHASIDA.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida doimiy tahlil, monitoring hamda oʻrganishlar oʻtkazib kelinmoqda.
Xususan, boshqarma tomonidan 2026-yilning 2-choragi davomida oʻtkazilgan tahlillar natijasida vakolatli organlar tomonidan jami 4881 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarining 3388 tasi muddat buzilishi, 320 tasi vakolatli organlar tomonidan ortiqcha hujjatlar talab qilinishi, 1172 tasi murojaatlarni asossiz rad etilishi, 1 tasi vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaslik holatlariga toʻgʻri keladi.
Ushbu qonunbuzilish holatlari yuzasidan vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining 157 nafar mansabdor shaxslari va masʼul xodimlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanildi.
Shu bilan birga, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan vakolatli organlarga 10 ta taqdimnoma, 6 ta ogohnoma kiritildi.
Bundan tashqari, sohaga kiritilayotgan oʻzgartirishlardan xabardor etish, fuqarolarga sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida vakolatli organlarning masʼul xodimlari ishtirokida 2 marotaba oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.
9. YURIDIK XIZMATLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH SOHASIDA.
1. Yuridik xizmat xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻnalishida:
Yuridik xizmat
hodimlari faoliyat yuritayotgan tashkilotlar soni
125 tani tashkil qilib, ushbu
tashkilotlarga 120 ta shtat
birliklari ajratilgan, amalda faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlari
soni 114 ta, 6 tasi vakant.
Yuridik xizmat
xodimlarining 96 nafari
attestatsiyadan oʻtkazilgan, attestasiyadan oʻtkazishga taʼlluqli boʻlmagan yuridik xizmat xodimlari
17 nafarni tashkil etadi.
Yuristlar malakasini oshirish markazida malakasi oshirilgan yuridik xizmat xodimlar 96 nafarni, malaka oshirishga taalluqli boʻlmagan yuridik xizmat xodimlari 17 nafarni tashkil etadi.
Yuridik xizmat xodimlarining 98 nafarida maxsus unvon-martaba darajalari mavjud.
2. Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati:
Namangan viloyatidagi yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari va davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda-davlat organlari va tashkilotlari) oʻrtasida oʻzaro ishni tashkil qilish “E-huquqshunos” yagona elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda.
2026-yilning 1-ярми mobaynida davlat organi va tashkilotlarining “E-huquqshunos” yagona elektron tizim orqali (01.01.2026-01.07.2026-yilga qadar) jami 325 441ta, shundan 226 060 ta (69,5%) buyruq, 99 381 ta shartnoma (30,5%), shu jumladan, 56 809 ta (57,2 %) mehnat shartnomasi shaklidagi yuridik tusdagi hujjat loyihalari markazlarga kelib tushgan.
Kelib tushgan jami 325 441 ta hujjat loyihalaridan 297 361 tasiga (91,4%) ijobiy, 11 371 tasiga (3,5 %) salbiy xulosalar berilgan, 16 709 ta (5,1 %) hujjat loyihalari rad etilgan.
226 060 ta buyruq loyihalaridan 207 154 tasiga (91,6 %) ijobiy, 7 895 tasiga (3,5 %) salbiy xulosalar berilgan, 11 011 ta (4,9 %) hujjat loyihalari rad etilgan.
99 381 ta shartnoma loyihalaridan 90 207 tasiga (90,8 %) ijobiy, 3 476 tasiga (3,5 %) salbiy xulosalar berilgan, 5 698 ta (5,7 %) hujjat loyihalari rad etilgan.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarini mulkiy va boshqa huquqlarini ximoya qilish maqsadida 57 ta talabnoma, 48 ta daʼvo arizalari kiritilib, ularni huquqlari sudlarda samarali himoya qilindi.
Shu bilan birga Markazlar tomonidan 7 ta murojaat tizim orqali qabul qilinib, shundan 2 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat koʻrmasdan qoldirildi, 3 ta murojaat tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun yuborildi.
Markazlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida 3 655 dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
2-chorak yakuniga koʻra markazlar tomonidan hujjat loyihalarini koʻrib chiqish vaqti boʻyicha viloyat KPI koʻrsatkichi oʻrtacha 2,14 ga (reja 4,00) toʻgʻri kelib, barcha tuman (shahar) yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan bajarilishiga erishildi.
10. INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH SOHASIDA.
Intellektual mulk huquqlarini ximoya
qilish shoʻbasi tomonidan
2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida 238 ta intellektual mulk obyektlari huquqiy himoyasi taʼminlandi,
shumladan 55 ta mualliflik va
turdosh huquqlarga oid, 183 ta
sanoat mulki obyektlariga oid.
Kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarishni aniqlash boʻyicha vakolatli organlar bilan hamkorlikda 16 ta tadbirlar oʻtkazildi.
Kontrafaktsiz hudud deb eʼtirof etilgan savdo obeyktlari 36 ta.
Shuningdek, shoʻba tomonidan jami 5 ta nazorat xaridi tadbirlari oʻtkazildi va huquq egalarining arizalariga asosan 3 ta holat oʻrganilib, tegishli taʼsir choralari kiritildi.
Hisobot davrida shoʻbaga 46 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 26 tasi qanoatlantirilgan, 10 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan, 2 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan. 8 tasi ish jarayonida keyingi chorakka qoldiq boʻlib oʻtgan.
Mazkur davr mobaynida 26 ta ogohnoma, 7 ta taqdimnoma, 8 ta maʼmuriy bayonnoma va 2 ta moliyaviy jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan.
Jami 26 ta oʻrganish oʻtkazildi, 23 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Barcha oʻrganishlar bodi kameradan foydalanilgan holda oʻtkazilgan.
11. MOLIYA-IQTISOD VA XOʻJALIK FAOLIYATI VA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA.
2026-yilning 6-oyi davomida Chortoq va Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimlarining chakka oʻtadigan tomlarni toʻla yangilanib, zamonaviy issiqlikdan himoya qiluvchi izolyatsiya qatlamlari bilan qoplandi.
Chorak davomida boshqarma balansidagi mavjud 18 ta taʼmirtalab, nosoz hamda zaruriy ehtiyot qismlari almashtirishga muhtoj holatga kelgan avtotransport vositalari soz holatga keltirildi.
Umumiy summasi 1 540 208 543 soʻmni tashkil etgan 118 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 21 tasi (501 567 370 soʻmlik) kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar xarid qilish boʻlsa, 97 tasi (1 038 641 173 soʻmlik) saqlash xarajatlari bilan bogʻliq xaridlardir.
Boshqarma balansidagi binolarda jami 660 kVt. quvvatli fotoelektrik stanqiyalari hamda 2700 litr xajmli suv isitish moslamalari mavjud boʻlib, chorak davomida 201 880 kVt/soat energiya tejashga erishildi.
Bunda quyosh panellari tomonidan 160 868 kVt/soat energiya ishlab chiqarilgan boʻlsa, shuning 33%i oʻz isteʼmoli uchun sarflanib, 67%i tarmoqqa yetkazilgan.
Reja boʻyicha energiya isteʼmoli har 1 m2-maydon uchun 6,8 kVt/soatga tushirilishi belgilangan boʻlib, amalda har 1 m2-maydon uchun 5,5 kVt/soatga tushirilishiga erishildi.
Xuddi shuningdek, ichimlik suvi isteʼmoli har 1 m2 uchun 0,066 m3.ga tushirir rejalashtirilgan boʻlib, amalda 0,057 m3.ga tushirilishiga erishildi.
12. KADRLAR BILAN ISHLASH SOHASIDA.
Boshqarma va uning tizimiga xodimlarni ishga qabul qilish:
2026-yil 1-yarim yilligi davomida boshqarma tomonidan jami 7 nafar xodim ishga qabul qilingan.
Mehnat shartnomasini bekor qilish boʻyicha:
Boshqarma tomonidan jami 17 nafar (15 nafari oʻz hohishiga koʻra, 1 nafar xodim vafot etganligi, 1 nafar xodim shtatlar soni qisqarganligi) xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Boshqa lavozimga oʻtkazish boʻyicha:
Boshqarma tomonidan jami 35 nafar xodim boshqa lavozimga
oʻtkazildi. Shundan, 11 nafar xodim yuqori lavozimga, 22 nafar xodim teng
lavozimga
2 nafar xodim quyi lavozimga oʻtkazilgan.
Tanlov va attestatsiya oʻtkazish boʻyicha:
2026-yil 1-yarim yilligi davomida 12 marotaba tanlov oʻtkazilib, ushbu tanlovga 710 nafar talabgor ishtirok etish istagini bildirib, ariza bilan murojaat qilgan va tanlov natijasiga koʻra, 8 nafari tanlov asosida ishga qabul qilingan.
Maxsus unvon – martaba darajalariga tavsiya etish boʻyicha:
Boʻlim tomonidan 2026-yil 1-yarim yilligi Nizom talablaridan kelib chiqib, boshqarma va uning tizimidagi 3 nafar xodimlari maxsus unvon – martaba darajalariga tavsiya etilgan.
Xodimlarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari boʻyicha:
Boshqarma tomonidan 2026-yil 1-yarim yilligida jami 8 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
Xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha:
Boshqarma tomonidan jami 85 nafar xodim faxriy yorliq, pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.
Maxsus xabar berish tartibi boʻyicha:
Boʻlim tomonidan turli xodisa va huquqbuzarliklar yuzasidan maxsus xabar berilmagan.
Xizmat tekshiruvi oʻtkazish tartibi boʻyicha:
Boshqarmaning masʼul xodimlari tomonidan xodimlarga
nisbatan
5 marotaba xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, 1 ta holat boʻyicha xodim tomonidan
qonunbuzilishi holatiga yoʻl qoʻyilganligi uchun intizomiy javobgarlik chorasi
qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman(shahar) adliya boʻlimlarida “Korrupsiyaga qarshi kurash – bosh maqsadimiz”, “Korrupsiya – adolat kushandasi” kabi turli mavzularda tayyorlangan bannerlar hamda bukletlar tayyorlanib, xizmat xonalariga joylashtirildi.
Shuningdek, tizimda “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” tadbirlarini tashkil qilish amaliyoti joriy qilinib, Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan joylarda jami 50 dan ortiq seminar, uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazildi.
REJALALASHTIRISH VA NAZORAT TAHLIL SHOʻBASI