Namangan viloyat adliya boshqarmasida korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik hisoboti
Namangan viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarga nisbatan 2025-yilning 4-choragi davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmaganligi maʻlum qilinadi.
Minimallashtirish choralari.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelingan.
Jumladan, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlariga sirli mijoz va reyd tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Shuningdek, tizimda ishlab kelayotgan barcha xodimlardan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etmasligi, bu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmani xabardor qilishi yuzasidan tilxatlar olingan.
Shu bilan birga, korrupsiyaviy risk mavjud deb baholangan lavozimlarda ishlab kelayotgan xodimlar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar oʻtib kelinmoqda.
D. Ergashev
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat
bo‘yicha bosh maslahatchi