Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tahlili yuzasidan ma'lumot

Namangan viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi.

2023-yilning 9 oyi davomida Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 4 913 ta murojaatlar kelib tushgan.

Shundan, viloyat adliya boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 2 310 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 1 507 tasi hal etilib, shundan 513 ta murojaat qanoatlantirilgan, 994 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va 18 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 266 tasi tegishliligi boʻyicha, 455 tasi hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 2 603 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 2 329 tasi hal etilib, shundan 1 517 ta murojaat qanoatlantirilgan, 812 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan va

47 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 170 tasi tegishliligi boʻyicha yuborilgan.

I. Boshqarmaning markaziy apparatiga kelib tushgan murojaatlarni (yozma, ishonch telefoni, sayyor qabul va virtual) koʻrib chiqish natijalari.

Viloyat adliya boshqarmasi markaziy apparatiga 2023-yilning 9 oyi davomida jami 2 310 ta murojaatlar (748 ta shikoyat, 1 562 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili:

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid - 150 ta;

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 731 ta;

Notariat va advokaturaga oid – 233 ta;

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid – 18 ta;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 22 ta;

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 1 094 ta;

boshqa sohalarga oid – 62 ta.

Diagramma 1. Kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Murojaatlarning 1 507 tasi hal etilib, shundan 513 tasi (34%) qanoatlantirildi, 994 tasiga (66%) huquqiy tushuntirish berildi va 18 tasi (0,7%) koʻrmasdan qoldirilgan. Kelib tushgan jami (2 310 tadan) murojaatlarning 266 tasi (12%) tegishliligi boʻyicha, 455 tasi (20%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

Xususan,

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga oid – 35 foizi (45 ta);

Inson huquqlarini himoya qilishga oid – 48 foizi (125 ta);

Notariat va advokaturaga oid – 15 foizi (25 ta);

Yuridik xizmatlar faoliyatiga oid - 13 foizi (2 ta);

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga oid – 29 foizi (5 ta);

Davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid – 30 foizi (259 ta);

boshqa sohalarga oid – 96 foizi (52 ta) murojaatlardagi vajlar oʻz tasdigʻini topganligi sababli qanoatlantirildi.


Diagramma 2. Qanoatlantirilgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.

Qanoatlantirilgan murojaatlar asosida turli idoralarga 54 ta taqdimnoma,

28 ta maʻmuriy taklif, 31 ta (9 919 mlrd) daʻvo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan taʻsir choralari natijasida 4 mlrd. 470 mln 827 ming soʻm pul mablagʻlari undirildi. Shuningdek, 25 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda

23 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 29 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan murojaatlarni 70 tasini koʻrib chiqishda mutaxassislar jalb qilindi, shuningdek 58 tasi joyiga chiqib oʻrganildi.

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boshqarmaga hisobot davri mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali jami 1 203 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 958 tasi hal etilib, shundan 356 tasi (37%) qanoatlantirildi, 602 tasi (63%) boʻyicha huquqiy tushuntirish berilgan, jami kelib tushgan murojaatlarning 146 tasi (12%) tegishliligi boʻyicha yuborilgan, 53 tasi (4%) koʻrmasdan qoldirilgan.


Diagramma 3. Virtual va xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarning hal etilganlik natijalari tahlili.

1. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida.

Inson huquqlarini himoya qilish sohasiga oid jami 731 ta (339 ta shikoyat, 392 ta ariza) murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 259 tasi (35%) hal etilib, shundan 125 tasi (48%) qanoatlantirildi, 134 tasiga (52 %) huquqiy tushuntirish berilgan va 10 tasi (1,3%) koʻrmasdan qoldirilgan. Shuningdek, murojaatlarning 178 tasi (24%) tegishliligi boʻyicha, 248 tasi (34%) hal etish uchun tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuborilgan.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 28 ta taqdimnoma, 21 ta maʻmuriy taklif, sudlarga 8 ta (318 mln) daʻvo arizalari kiritilgan.

Mazkur taʻsir choralarining natijalari yuzasidan 317 mln 630 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 18 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda 23 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 4 ta hujjat bekor qilindi.

Mazkur sohadagi tahlil, shikoyatlarning quyidagi sohalar boʻyicha kelib tushganligini koʻrsatadi:

- mehnat nizolari yuzasidan 64 ta;

- taʼlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 4 ta;

- ijtimoiy himoyaga doir qonun hujjatlari yuzasidan 88 ta;

- uy-joyga doir qonunlar yuzasidan 36 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 5 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 2 ta;

- yerga doir qonun hujjatlari yuzasidan 3 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 7 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 1 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 13 ta;

- prokuratura organlari faoliyatiga doir 9 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 31 ta;

- adliya organlari xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan 1 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 72 ta.


Diagramma 4. Inson huquqlarini himoya qilish sohasida eng koʻp kelib tushgan murojaatlarning sohalar kesimida tahlili.


2. Notariat va advokatura sohasida.

Notariat va advokatura sohasida jami 233 ta (92 ta shikoyat, 141 ta ariza) murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatlarning 171 tasi (73%) hal etilgan boʻlib, shundan 25 tasi (15%,) qanoatlantirildi, 146 tasiga (85%) huquqiy tushuntirish berilgan, 51 tasi (22%) tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- advokaturaga oid 26 ta;

- notariatga oid 59 ta;

- boshqa masalalar yuzasidan 4 ta.


Diagramma 5. Notariat va advokaturaga oid kelib tushgan shikoyatlarning sohalar kesimida tahlili.

III. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqilishi va hal etilishiga etibor qaratadigan boʻlsak, quyidagicha natijalarga erishilganligi kuzatiladi.

Jumladan, shikoyatlar boʻyicha:

2023-yilning 9 oyi davomida jami 1 833 ta shikoyat kelib tushgan. Ushbu shikoyatlardan 1 677 tasi (91%) hal etilib, shundan 1 258 tasi

(75%) qanoatlantirilgan, 419 tasiga (25%) huquqiy tushuntirish berilgan, 91 tasi (5%) taalluqligi boʻyicha belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun boshqa idoralarga yuborilgan, 40 tasi (2%) koʻrmasdan qoldirilgan.


Diagramma 6. Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan koʻrib chiqilgan shikoyatlar tahlili.

Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan aniqlangan qonunbuzilishlar boʻyicha 280 ta taqdimnoma, 91 ta maʻmuriy taklif, sudlarga

489 ta (26 202 mlrd) daʻvo arizalari kiritilgan.

Mazkur taʻsir choralarining natijalari yuzasidan 25 mlrd 226 mln 295 ming soʻm pul mablagʻlari qaytarildi. Shuningdek, 91 nafar shaxs maʻmuriy javobgarlikka hamda 11 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, 41 ta hujjat bekor qilindi.

Kelib tushgan shikoyatlarning xususiyati boʻyicha:

- mehnat nizolari yuzasidan 905 ta (689 tasi oylik ish haqi olish masalasida);

- taʻlimga doir qonun hujjatlari yuzasidan 59 ta;

- ijtimoiy himoyaga oid qonun hujjatlari yuzasidan 172 ta;

- uy-joy masalasida 64 ta;

- kommunal toʻlovlar yuzasidan 24 ta;

- soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 34 ta;

- yerga doir masalalar boʻyicha 30 ta;

- banklar faoliyatiga doir qonun hujjatlari yuzasidan 8 ta;

- davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 21 ta;

- sud qarorlari yuzasidan 3 ta;

- ichki ishlar organlari faoliyatiga doir 1 ta;

- boshqa masalalar boʻyicha 505 tani tashkil etmoqda.

Arizalarning koʻrib chiqilishi boʻyicha:

2023-yilning 9 oyi davomida jami 770 ta ariza kelib tushgan. Mazkur arizalarning 652 tasi (85%) hal etilib, shundan 259 tasi (40%) qanoatlantirilgan,

393 tasiga (60 %) huquqiy tushuntirish berilgan boʻlib, kelib tushgan jami arizalarning 79 tasi (10%) taalluqligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan,

7 tasi (1%) koʻrmasdan qoldirilgan.

Arizalarning xususiyati boʻyicha:

qonun hujjatlariga tushuntirish berish yuzasidan 96 ta;

kadrlar masalasida 7 ta;

notariatga oid 2 ta;

boshqa masalalarda 659 ta arizalar kelib tushgan.

IV. Boʻlimlar tomonidan oʻtkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:

Boʻlimlar tomonidan jami qabullar davomida 2 184 ta murojaat qayd qilingan boʻlib, shulardan 819 tasi sayyor qabul paytida, 1 365 tasi shaxsiy qabul jarayonida qabul qilingan.

Shaxsiy va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning

2 002 tasi (92%) hal etilib, shundan 1 394 tasi (70%) qanoatlantirilgan, 608 tasiga

(30%) tushuntirish berilgan, 128 tasi (6%) taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 13 tasi (0.5%) koʻrmasdan qoldirilgan.

V. Boʻlimlar tomonidan murojaatlarni qanoatlantirish darajasi boʻyicha:

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi yuqoriligi boʻyicha:

- Norin tumani (kelib tushgan 89 ta, qanoatlantirilgan 71 ta (79,8%);

- Yangi Namangan tumani (kelib tushgan 64 ta, qanoatlantirilgan 51 ta (79,7%);

- Namangan tumani (kelib tushgan 107 ta, qanoatlantirilgan 85 ta (79,4%);

- Pop tumani (kelib tushgan 117 ta, qanoatlantirilgan 92 ta (78,6%);

- Yangiqoʻrgʻon  tumani (kelib tushgan 98 ta, qanoatlantirilgan 75 ta (76,5%) adliya boʻlimlari tomonidan yuqori koʻrsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.


Diagramma 7. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi yuqori boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Qanoatlantirilgan shikoyatlar foizi nisbatan pastligi boʻyicha:

- Davlatobod tumani (kelib tushgan 104 ta, qanoatlantirilgan 54 ta (51,9%);

- Chust tumani (kelib tushgan 260 ta, qanoatlantirilgan 153 ta (58,8%);

- Namangan shahar (kelib tushgan 279 ta, qanoatlantirilgan 166 ta

(59,5%) adliya boʻlimlari tomonidan past koʻrsatkichlarga erishilganligi kuzatiladi.


Diagramma 8. Murojaatlarni qanoatlantirish darajasi past boʻlgan adliya boʻlimlari (foizda) tahlili.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi:

1. Murojaatlarni koʻrib chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qatʻiy rioya qilib borish;

2. Kelib tushgan murojaatlarning toʻliq va sifatli hal etilishini taʻminlash maqsadida ularni joyiga chiqib oʻrganish amaliyotini koʻchaytirish;

3. Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari va sohalar boʻyicha maʻsullar har chorakda shikoyatlar koʻpaygan sohalarni oʻrganib, sabablarini tahlil qilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyatga va yuqori turuvchi idoralarga tegishli takliflar kiritish;

4. Murojaatlar koʻp tushayotgan hududlarda sayyor qabullarni oʻtkazish jarayonida masalani joyida hal qilish choralarini koʻrish, bunda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ish tashkil etish;

5. Har chorak yakunlari boʻyicha shikoyatlar koʻpayish sabablarini umumlashtirish va yigʻilishlarda muhokama qilish, qolaversa Sektorlar yigʻilishlarida muhokama qilish choralarini koʻrish;

6. Tegishliligi boʻyicha yuborilayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda ularning oshib borish tendensiyalariga eʻtibor qaratib, muammoning yechimini topish va kelgusida bu kabi murojaatlarning kamayishiga erishish choralarini koʻrish;

7. Boshqarma va uning tarkibiy boʻlinmalari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targʻib qilish jarayonida shikoyatlar koʻpaygan sohadagi qonun hujjatlari normalarini targʻib qilishga alohida e’tibor berish, bunda ommaviy axborot vositalari orqali muammoli masalalar boʻyicha chiqishlar va maqolalarni chop etish choralarini koʻrish.

8. Virtual qabulxona orqali yuborilayotgan murojaatlarni toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organga yuborishga alohida eʻtibor qaratish hamda murojaatni koʻrib chiqish uchun 15 kundan kam boʻlmagan muddat belgilash.

 

 Rejalashtirish va nazorat-tahlil shoʻbasi

09.10.2023

Возврат к списку