Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.09.2023

E‘LON

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish to‘g‘risida

El-0875/2023 -sonli

E ‘ L O N

№2

05.09.2023 yil

05-09-2023 dan 14-09-2023 gacha

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi

bo‘sh (vakant) lavozim

T/r

Bo‘sh (vakant) joy nomi

Vakant lavozim

Shtat soni

1

Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limining Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi

bosh maslahatchi

1 ta

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

 

- faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

- tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli ijro qilish;

- aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

- sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

- huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

- rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

- kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.

Rasmiy talablar:

 

- oliy yuridik (yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha) ma’lumotga ega bo‘lish;

- mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yil ish staji, muqaddam bevosita faoliyat yo‘nalishida ishlaganlar afzallikga ega bo‘ladi;

- davlat tilini mukammal bilishi, shu bilan birga rus va ingliz tillarini yaxshi bilish;

- shaxsiy xususiyatlar: holollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik va vijdonlilik.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

· oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha.
5,5-6 mln. so‘m

· xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;

· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.

· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Qo‘shimcha afzalliklar:

· zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

· davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Murojaat muddati:

Nomzodlar 2023-yilning 14-sentabr kuniga qadar hujjatlarini yuborishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzod Adliya vazirligining www.vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni tizimga biriktirishi lozim:

·           shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka) (rasm o‘rnatilgan holda, elektron shaklda WORD formatda);

·           oliy yuridik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (yoki diplom ko‘chirmasi), chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma (ushbu hujjatlarni rangli ko‘rinishdagi elektron PDF shakli);

·           3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati (Elektron JPG formatda elektron shaklda);

·           fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi (rangli ko‘rinishda elektron PDF shaklda).

Murojaat uchun:

  • Namangan viloyat adliya boshqarmasi (Namangan shahri, Lutfiy ko‘chasi, 7A-uy).

·         Ma’lumot uchun telefon raqami: 69-227-05-45, 69-227-03-76

Tanlov jarayonlarini ushbu https://www.minjust.uz havola orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

Ishga qabul qilish tartibi va Savollar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin

https://adliya.uz/uzb/inner-page/bosh-ish-orinlari

 

Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

Рўйҳатга қайтиш