Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Namangan shahar adliya bo’limi tomonidan 19 yildan beri sarson bo’lgan fuqaroning tug’ilganlik fakti sud tartibida tasdiqlanib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilishi ta’minlandi va fuqaro pasport oldi.


Fuqaro K.Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Namangan shahar adliya bo’limiga murojaat qilib,  X.Abduraxmanovga tug‘ilganlik haqida guvohnoma va fuqarolik pasporti olishda amaliy yordam berishlikni so‘rab murojaat qildi.

Adliya bo’limi tomonidan olib borilgan o’rganishlar natijasida aniqlanishicha, fuqaro X.Abduraxmanov o‘z tushuntirishida u marhuma fuqaro 1980-yil 13-fevral kuni tug‘ilgan S.Abduraxmanovaning farzandi ekanligini, eshitishi bo‘yicha onasi S.Abduraxmanova muqaddam fuqaro X.Sulaymanov ismli shaxs bilan 1996-yilda turmush qurishganligini, onasining ushbu turmushidan 2 nafar farzandi, ya’ni opasi X.Sulaymanova va akasi Z.Sulaymanov o‘g‘li borligini, tahminan 2003-yilda onasi S.Abduraxmanova fuqaro X.Sulaymanov bilan ajrashib ketganligini, shundan so‘ng, onasi S.Abduraxmanova opasi Xurmatoy va akasi Zuxriddinni olib o‘zining ota uyi hisoblangan Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uy manzilda joylashgan xonadonga qaytib kelganligini, 2004-yilda onasi S.Abduraxmanova opasi Xurmatoyni olib Toshkent shahriga Qo‘yliq bozoriga ishlash uchun borganligini, shunda aslida Toshkent viloyati Bekobod tumanidan bo‘lgan otasi Ismatilla bilan shar’iy nikohdan o‘tganligini hamda ushbu shar’iy nikohdan 2005-yil 19-may kuni tug‘ilganligini, hozirgi kunda otasi Ismatilla va uning yaqin qarindoshlari to‘g‘risida aytarli biror bir ma’lumotga ega emasligini, faqat holasi Sarbarxon va opasi Xurmatoyni eslashi bo‘yicha u Toshkent shahridagi Sangorodok atrofidagi mahallada joylashgan ijara xonadonda tug‘ilganligini, uni uy sharoitida xolasi Sarbarxon tug‘dirganligini, unga 2009-yil aprel oyiga qadar, ya’ni onasining vafotidan so‘ng opasi Hurmatoy bilan birga Namangan shahriga qaytib kelgunlariga qadar onasi ishga ketgan paytlari unga opasi Xurmatoy qarab, ko‘z-quloq bo‘lib turganligini, opasi Hurmatoy va xolasi Sarbarxonlarning aytishlari bo‘yicha 2008-yilda otasi Ismatilla o‘pka kasali bilan vafot etganligini, shundan keyin, ular, ya’ni onasi, opasi va o‘zi Sangoroddagi ijara hovlidan ko‘p qavatli uyga ijara xonadonga ko‘chishganligini, yosh bo‘lganligi uchun hozirda ushbu xonadon manzili aniq qayerda joylashganligini bilmasligini, umumiy hisobda ular Toshkent shahrida 2004-yildan 2009-yilga qadar yashaganliklarini, bu muddat ichida bog‘chaga bormaganligini, 2009-yil mart oyida onasi S.Abduraxmanova avtoavariyaga uchrab vafot etganligini, onasi vafot etgandan keyin opasi Xurmatoy va o‘zini Namangan shahriga olib kelishganligini, hozirda opasi Xurmatoy oila qurib alohida yashashligini, akasi Zuhriddin va o‘zi Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi,1-berk, 2-“A” uyda Sarbar holasi va Dovud tog‘asi bilan birga yashab kelayotganliklarini, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lmaganligi bois 2018-yilgacha bog‘cha va maktabga bormaganligini, 2018-yilda Namangan shahridagi 16-sonli umumiy o‘rta maktabning 1-sinfiga qabul qilinganligini, hozirda 5-sinfda o‘qiyotganligini, hozirgi kunda qo‘lida shaxsini tasdiqlovchi biror bir hujjati yo‘qligini bayon qilib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma hamda pasport olishda amaliy yordam berishlikni so‘ragan.

Holat bo‘yicha so‘ralgan fuqaro X.Sulaymanova (fuqaro X.Abduraxmanovning opasi) o‘zining tushuntirishida 1980-yil 13-fevral kuni tug‘ilgan marhuma fuqaro S.Abduraxmanovaning farzandi ekanligini, onasi S.Abduraxmanova 1996-yilda otasi X.Sulaymanov bilan turmush qurishganligini, ushbu turmushdan 2 nafar farzand, ya’ni o‘zi va ukasi Z.Sulaymanov o‘g‘li borligini, tahminan 2003-yilda ota-onasi ajrashib ketishganligini, shundan so‘ng, o‘zi va ukasi Zuxriddin onasi bilan onasining ota uyi hisoblangan Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uy manzildagi xonadonda yashab kelishganligini, 2004-yilda onasi uni olib Toshkent shahri Qo‘yliq bozoriga ishlash uchun borganligini, shunda onasi aslida Toshkent viloyati Bekobod tumanidan bo‘lgan Ismatilla ismli shaxs bilan tanishib, shar’iy nikohdan o‘tganligini, ushbu shar’iy nikohdan 2005-yil 19-may kuni Hikmatilla ismli o‘g‘il farzand, ya’ni ukasi tug‘ilganligini, ukasi Hikmatilla Toshkent shahridagi Sangorodok atrofidagi mahallada joylashgan ijara xonadonda tug‘ilganligini, ukasi Hikmatillaga 2009-yil aprel oyiga qadar, ya’ni Namangan shahriga qaytib kelgunlaricha onasi ishga ketgan paytlarida qarab, ko‘z-quloq bo‘lib turarligini, 2008-yilda onasining shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i Ismatilla aka o‘pka kasali bilan vafot etganligini, shundan keyin, ular, ya’ni onasi, o‘zi va ukasi Hikmatilla Sangoroddagi ijara hovlidan ko‘p qavatli uyga ijara xonadonga ko‘chganliklarini, xonadon manzili aniq qayerda joylashganligini bilmasligini, umumiy hisobda onasi bilan Toshkent shahrida 2004-yildan 2009-yilga qadar birga yashaganligini, bu muddat ichida Toshkent shahrida bog‘cha va maktabga bormaganligini, 2009-yil mart oyida onasi avtoavariyaga uchrab vafot etganligini, onasi vafot etganda ukasi Xikmatilla bilan 5-10 kun Toshkent shahridagi detpriyemda turganliklarini, keyin Namangan shahriga olib kelishganligini, bu yerdagi detpriyemda ham

2-3 kun turganliklarini, shundan keyin militsiya xodimlari o‘zi va ukasi Hikmatillani onalarining ota uyi hisoblangan Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uy manzilda joylashgan xonadonga tashlab ketishganligini, hozirda o‘zi oila qurib chiqib ketganligini, ukalari Zuhriddin va Hikmatilla esa Sarbar holasi bilan birga yashashlarini, unda onasi S.Abduraxmanova, o‘zi va ukasi Hikmatilla birga tushgan rasmlari mavjudligini bayon qilib, foto-rasmlarni taqdim qilgan.

Haqiqatdan ham, taqdim qilingan foto-rasmlarda jami 5 kishini, ya’ni marhuma fuqaro S.Abduraxmanovani, shaxsiga aniqlik kiritish imkoni bo‘lmagan Ismatilla ismli fuqaroni, faktni aniqlashni so‘rab murojaat qilgan fuqaro X.Abduraxmanovni, uning opasi fuqaro X.Sulaymanovani hamda akasi fuqaro Z.Sulaymanov o‘g‘lini ko‘rish mumkin.

Holat bo‘yicha so‘ralgan fuqaro Z.Sulaymanov o‘g‘li (fuqaro X.Abduraxmanovning akasi) yuqorida fuqaro X.Sulaymanovaning tushuntirishiga mazmunan o‘xshash bo‘lgan tushuntirish berdi.

Holat bo‘yicha so‘ralgan fuqaro Abduraxmanova Sarbar Umarxonovna (fuqaro X.Abduraxmanovning holasi) o‘zining tushuntirishida 1980-yil 13-fevral kuni tug‘ilgan marhuma fuqaro S.Abduraxmanovaning opasi ekanligini, singlisi S.Abduraxmanova tahminan 1997-yilda Xusniddin ismli shaxs bilan qonuniy nikohdan o‘tib, 2003-yilda ajrashib ketganligini, ushbu qonuniy nikohdan 2 nafar Xurmatoy va Zuhriddin ismli farzandlari borligini, Xurmatoy va Zuhriddin onasi S.Abduraxmanova Toshkent shahriga ishlash uchun ketgunga qadar onasi bilan birga Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uy manzilda joylashgan xonadonda birga yashaganligini, singlisi S.Abduraxmanova tahminan 2004-yilda katta farzandi Xurmatoyni olib Toshkent shahri Qo‘yliq bozoriga ishlash uchun borganligini, shunda aslida Toshkent viloyati Bekobod tumanidan bo‘lgan Ismatilla ismli shaxs bilan shar’iy nikohdan o‘tganligini, ushbu shar’iy nikohdan 2005-yil 19-may kuni Xikmatilla ismli o‘g‘il farzand tug‘ilganligini, Xikmatilla Toshkent shahridagi Sangorodok atrofidagi mahallada joylashgan ijara xonadonda tug‘ilganligini, Xikmatillani uy sharoitida o‘zi tug‘dirganligini, faqat kindigini kesish uchun tez yordam chaqirtirilganligini, tez yordam tomonidan tibbiy ma’lumotnoma yozib berilgan yoki yozib berilmaganligidan xabari yo‘qligini, Xikmatillani “qirq kunligi”gacha singlisining ijara xonadonida o‘zi qaraganligini, ushbu vaqt ichida Xikmatillani 1 marta Sangorodokdagi poliklinikaga olib chiqilganligini, bunda tibbiy ro‘yxatda turgan yoki turmaganligini bilmasligini, Xikmatillani tug‘ilganligini tasdiqlash uchun muqaddam Sangorodokdagi mahalla uchastka noziri Zokir ma’lumotnoma yozib berganligini, lekin ushbu ma’lumotnoma keyinchalik otasi tomonidan Xikmatillani tug‘ilganlik faktini belgilatish uchun tegishli idoralariga berilganligini, hozirda ushbu ma’lumotnoma mavjud emasligini, bundan tashqari, Xikmatillani tug‘ilganligi bo‘yicha muqaddam ijarada yashashgan xonadon egasi “hola” ham tilxat yozib berganligini, lekin ushbu tilxat ham otasi tomonidan tegishli idoralariga taqdim qilinganligini, hozirda ushbu tilxat ham mavjud emasligini, singlisi S.Abduraxmanovaning shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i Ismatilla 2008-yilda o‘pka kasalligidan vafot etganligini, Ismatillaning yaqin qarindosh-urug‘lari haqida bilmasligini, faqat Toshkent viloyati Bekobod tumanidan ekanligini bilishligini, singlisi S.Abduraxmanova Toshkent shahrida 2 ta farzandi Xurmatoy va Xikmatilla bilan 2009-yilning mart oyiga qadar yashaganligini, Toshkent shahrida singlisi Saida ishga ketgan paytda ukasi Xikmatillaga opasi Xurmatoy qaraganligini, 2009-yilning 17-mart kuni singlisi S.Abduraxmanova Toshkent shahrining Uch-tepa tumanida avtohalokatga uchrab vafot etganligini, shundan keyin, Xurmatoy va Xikmatilla Namangan shahriga Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY,

1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uy manzilda joylashgan xonadonga olib kelinganligini, ya’ni singlisi S.Abduraxmanovaning barcha 3 nafar farzandi uning qaramog‘ida qolganligini, hozirgi kunda, singlisi S.Abduraxmanovaning 2 nafar o‘g‘il farzandi, ya’ni Zuhriddin va Xikmatilla o‘zi bilan yuqoridagi manzilda yashashligini, qizi Xurmatoy esa turmushga chiqib ketganligini bayon qilgan.

Holat bo‘yicha so‘ralgan fuqaro Abduraxmanov Dovutxon Umarxanovich (fuqaro X.Abduraxmanovning tog‘asi) hamda fuqaro Abduraxmanova Raxbar Umarxanovna, Abduraxmanova Saodat Umarxonovna, Abduraxmanova Akidaxon Umarxanovna, Abduraxmanova Soxiba Umarxanovna va Abduraxmanova Xaitxon Umarxanovnalar (fuqaro X.Abduraxmanovning holalari) yuqorida fuqaro Abduraxmanova Sarbar Umarxonovnaning tushuntirishiga mazmunan o‘xshash bo‘lgan tushuntirishlar berishdi.

Holat bo‘yicha so‘ralgan fuqaro Mo‘minova Xolisa Abdusattarovna (Abduraxmanovlar oilasiga qo‘shni) o‘zining tushuntirishida Abduraxmanovlar oilasi bilan 1991-yildan buyon qo‘shni bo‘lib yashab kelishligini, haqiqatdan ham, marhuma fuqaro S.Abduraxmanova Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uyda tug‘ilib-o‘sganligini, 1996-yilda turmushga chiqqanligini, turmushi 2003-yilda buzilib ketganligini, ushbu turmushidan 2 nafar farzandi borligini, Saida 2004- yil ishlash uchun katta farzandi Xurmatoyni olib Toshkent shahriga ketganligini, eshitganligi bo‘yicha Saida u yerda bir shaxs bilan shar’iy nikohdan o‘tib oila qurganligini va ushbu turmushidan bir nafar o‘g‘il farzand dunyoga keltirganligini, keyinchalik ushbu farzandini Saida vafot etgandan keyin 2009-yilda katta opasi Xurmatoy bilan Namanganga olib kelishganda ko‘rganligini, ismi Xikmatilla ekanligini, Xikmatilla 2009-yildan beri holasi Sarbarxon va tog‘asi Dovudxon bilan Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uyda opasi Xurmatoy va Zuxriddinlar bilan yashab kelishganligini, keyinchalik Xurmatoy turmushga chiqib ketganligini, hozirda yuqoridagi manzilda Xikmatilla akasi Zuxriddin bilan yashashligini bayon qilgan.

Holat bo‘yicha so‘ralgan fuqaro Sultanova Nodira Akmalovna (Abduraxmanovlar oilasiga qo‘shni) fuqaro Mo‘minova Xolisa Abdusattarovnaning tushuntirishiga mazmunan o‘xshash bo‘lgan tushuntirish berdi.

Namangan shahar “Madaniy maorif” MFY raisi Z.Buzrukov hamda faollari R.Sadiqova va F.Dedaxanovlar tomonidan 2024-yil 12-fevral kuni 2005-yil

19-may kuni tug‘ilgan fuqaro X.Abduraxmanov 2010-yildan buyon Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uy manzilda holasi fuqaro Abduraxmanova Sarbar Umarxonovnaning qaramog‘ida yashab kelayotganligi, fuqaro X.Abduraxmanov marhuma fuqaro S.Abduraxmanovaning farzandi ekanligi haqida dalolatnoma tuzilgan.

Haqiqatdan ham, fuqaro S.Abduraxmanova 2009-yil 17-mart kuni Toshkent shahri Uch-tepa tumanida vafot etgan bo‘lib, bu haqda 2009-yil 20-aprel kuni Namangan shahar FHDYo bo‘limi tomonidan o‘lim haqida guvohnoma berilgan.

Namangan shahar adliya bo‘limi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan 2024-yil 7-fevral kuni 326-sonli chiqish xati orqali tug‘ilganlik faktini belgilash yuzasidan rad xati berilgan bo‘lib, ushbu rad xatida fuqaro Abduraxmanov Xikmatilloning nomiga berilgan tug‘ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud emasligi, bo‘lim elektron arxiv bazasida fuqaro Abduraxmanov Xikmatilloning nomiga tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi mavjud emasligi aniqlanganligi qayd etilgan.

Namangan viloyati Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivining 2024-yil 15-fevraldagi 572-sonli chiqish xatiga ilova qilgan ma’lumotnomada, 2005-yilning 19-may kunidan 2024-yilning 15-fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda arxivning yagona elektron bazasida fuqaro Abduraxmanov Xikmatilloga tegishli bo‘lgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yozuvi mavjud emasligi qayd etilgan.

Huddi shunday, muqaddam 2019-yil 29-iyul kuni Namangan viloyati Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivi hamda 2019-yil 22-iyul kuni Namangan shahar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivi tomonidan berilgan ma’lumotnomalarda ham tegishlicha arxivda 2002-2019-yillarda fuqaro Abduraxmanov Xikmatillaga tegishli bo‘lgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yozuvi mavjud emasligi qayd etilgan.

Namangan shahar tibbiyot birlashmasi 14-oila poliklinikasi tomonidan

2024-yil 6-fevral kuni berilgan 3-sonli tibbiy ma’lumotnomada tibbiyot mutaxassislari tomonidan Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uy manzilda yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan Abduraxmanov Xikmatillaning sog‘lomligi qayd etilgan.

Namangan shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2024-yil 30-yanvardagi 225-sonli yo‘naltiruvchi xatiga ko‘ra, 2005-yil 19-may kuni tug‘ilgan Abduraxmanov Xikmatillo 2018/2019-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilinganligi hamda hozirgi kunda 5-sinfda o‘qiyotganligi qayd etilgan.

2023-yil oktyabr oyida Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uy manzilda yashovchi fuqaro Abduraxmanova Sarbar Umarxonovnaning murojaati yuzasidan Namangan shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-sonli Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan hamda 2005-yilda tug‘ilgan Abduraxmanov Xikmatilloga nisbatan odam DNKsi sud biologik-ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, ekspertiza natijasi bo‘yicha fuqarolar Abduraxmanova Sarbar hamda Abduraxmanova Akidaxon Umarxonovnalarning X.Abduraxmanovga nisbatan biologik qarindoshligi (hola-jiyanlik) ehtimoli 93 foizni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining

293-moddasida, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilinadigan ishlar jumlasiga kirishligi qayd etilgan bo‘lib, kodeksning 295-moddasiga ko‘ra, sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni aniqlaydi hamda sud bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 296-moddasida “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni belgilash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ariza arizachi yashab turgan joydagi sudga beriladi. Arizada muayyan faktni aniqlash arizachiga qanday maqsadlar uchun zarur ekanligi ko‘rsatilishi, shuningdek arizachining tegishli hujjatlarni olish imkoniyatiga ega emasligini yoxud yo‘qolgan hujjatlarni tiklab bo‘lmasligini tasdiqlovchi dalillar keltirilishi kerak” deb belgilangan.

Darhaqiqat, Namangan shahar, “Madaniy maorif” MFY, 1-o‘tish yo‘li, Chortoq ko‘chasi, 1-berk, 2-“A” uyda yashovchi fuqaro X.Abduraxmanovning marhuma fuqaro S.Abduraxmanovadan tug‘ilganligi, shuning tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlash kelgusida tegishli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan fuqaro X.Abduraxmanovga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olish uchun zarur hisoblanadi.

Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil

20-oktyabrdagi 550-son qarori 3-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 19-bandiga ko‘ra, 16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tug‘ilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tug‘ilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil

20-dekabrdagi “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 5-son qarorining 4-bandiga ko‘ra, sud yuridik faktni aniqlash haqidagi arizani, agar: qonunga ko‘ra bunday fakt arizachi uchun ma’lum yuridik oqibatlar keltirib chiqarsa (fuqarolar yoki tashkilotlarning shaxsiy yoki mulkiy huquqlarini vujudga keltirsa, o‘zgartirsa yoki tugatsa); fakt sudga taalluqli huquq to‘g‘risidagi nizoni hal qilish bilan bog‘liq bo‘lmasa; arizachi yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktni hujjat bilan tasdiqlashning boshqa imkoniyatiga ega bo‘lmasa; qonunchilikda ularni belgilashning o‘zgacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, ko‘rishga qabul qiladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, joriy yilning 19-fevral kuni Namangan shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro X.Abduraxmanovni marhuma fuqaro S.Abduraxmanovadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlashni so‘rab fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Natijada, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudi tomonidan Abduraxmanov Xikmatila Ismatulla o‘g‘li 2005-yil 19-may kuni marhuma S.Abduraxmanovadan tug‘ilganligi faktini tasdiqlash to‘g‘risida 2024-yil 12-mart kuni 2-1601-2405/4878-sonli hal qiluv qarori qabul qilindi