Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya aralashgach hodimlarning foydalanilmagan mehnat ta’tili PULLARI hamda kechiktirilgan kunlar uchun kompensatsiya pullari sud tartibida UNDIRIB BERILDI.


Pop tuman adliya bo`limiga sobiq Pop TYFUKda ishlagan fuqaro М.T, X.X, O.B hamda N.A.lar Pop TYFUKning tegishli buyrig`i asosan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo`lsada, foydalanilmagan mehnat ta’tili davri uchun pulli kompensatsiya to`lab berilmayotganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati o`rganilganda quyidagilar aniqlandi.

Avtomobil yo`llar qo`mitasining 2022 yil 31-maydagi 83-sonli buyrug`ini ijrosi yuzasidan Namangan viloyat avtomobil yo`llari bosh boshqarmasining 2022 yil 1 iyuldagi 41-AF-sonli buyrug`iga asosan Namangan ko`priklardan foydalanish unitar korxonasining 01.07.2022-yildagi 20-sonli buyrug`i bilan М.T, X.X, O.B hamda N.A.lar Pop TYFUKga mehnat shartnomasi bekor qilinmagan holda o`tkazilib, Pop tuman yo`llardan foydalanish unitar korxonasining tegishli buyrug`i bilan ishga qabul qilingan.

Shuningdek, Pop tuman YFUKning tegishli buyrug`lariga asosan М.T, X.X, O.B hamda N.A.lar bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo`lsada, foydalanilmagan mehnat ta’tili pullari kompensatsiya qilib to`lab berilmaganligi ma’lum bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasiga ko`ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak. Hisob-kitob xodimga: oxirigacha olinmagan ish haqini; xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo`shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni; agar mehnat to`g`risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to`lovlarni to`lash nazarda tutilgan bo`lsa, ushbu to`lovlarni to`lashni o`z ichiga oladi.

Mehnat kodeksining 333-moddasiga ko`ra, ish beruvchi ish haqini, ta’til to`lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to`lovlarni va (yoki) xodimga to`lanishi lozim bo`lgan boshqa to`lovlarni to`lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to`lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o`z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o`sha vaqtda amalda bo`lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to`lashi shartligi belgilangan.

O’rganish yakuni bo’yicha 4 nafar hodimlarning foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun 25 117 316 hamda har bir kechiktirilgan kunlar uchun 69 401 442 jami 94 518 758 so’m pullarini Pop TYFUKdan undirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Chust tumanlararo sudiga kiritilgan arizalar qanoatlantirilib, fuqarolarning murojaatlari ijobiy echim topdi.

Pop tuman adliya bo'limi Inson huquqlarini himoya qilish
va huquqni qoʼllash amaliyotini oʼrganish boʼlinmasi
bosh maslahatchisi
Qodirov Akmal Tillaboyevich