Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

TADBIRKORLAR MANFAATI – QONUN XIMOYASIDA


Mamlakatimizda tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, ularning bu boradagi huquq va manfaatlari toʻla taʼminlanmoqda. 

Namangan viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrnida koʻrib chiqilishi esa ttadbirkorlarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada oshirmoqda

Yangiqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan “FAROVON FAYZ SERVIS” xususiy korxonasi rahbari Axunov Nosirjon Axmedovichning uzi raxbarlik qilayotgan korxonaning Yangiqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi bilan tuzilgan shartnomalarga asosan xizmatlar koʻrsatilgan boʻlsada, xozirgi kunga qadar bajarilgan ishlar uchun xaq toʻlab berilmayotganligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish davomida maʼlum boʻlishicha “FAROVON FAYZ SERVIS” xususiy korxonas va Yangiqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi oʻrtasida 2023-yil 29-aprelda transport xizmati koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan 155 437 283 soʻmlik tarnsport xizmati koʻrsatilgan. Shuningdek, mazkur Korxona bilan 2023-yil 02-noyabrdagi shartnomaga asosan Yangiqoʻrgʻon tumani Oqtom MFYda 4K-421 Koʻkyor-Moʻgʻol-Oqtom avtomoboil yoʻliga 425 828 310 soʻmlik asfalt-beton qoplama yotqizish ishlari amalga oshirilgan. Bundan tashqari xuddi shu sanadagi shartnomaga asosan Namangan shaxar Gʻuncha MFY, Gʻuncha koʻchasida 146 544 797 soʻmlik joriy taʼmirlash ishlari bajarilgan. Shu bilan birga 2023-yil 28-dekabrdagi shartnomaga asosan 525 098 925 soʻmlik tungi yoritish tizimini oʻrnatish ishlari bajarilgan.

Xozirgi kunga qadar “FAROVON FAYZ SERVIS” xususiy korxonasi tomonidan jami 1 474 789 126 soʻmlik ishlar bajarilgan boʻlsada, Korxona tomonidan 291 786 949 soʻm mablagʻ toʻlab berilgan xolos. 01.01.2024-yil xolatiga Yangiqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining “FAROVON FAYZ SERVIS” xususiy korxonasidan qarzdorligi 1 183 002 177 (bir milliard bir yuz sakson uch million ikki ming bir yuz yetmish yetti) soʻmni tashkil etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, adliya boʻlimi tomonidan tadbirkor manfaatida sudlarga davo ariza bilan murojaat qilinishi natijasida, sudning xal qiluv qaroriga asosan tadbirkorga  1 183 002 177 soʻm pul mablagʻlari undirib berilishi belgilandi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlariga kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrnida koʻrib chiqilishi esa ttadbirkorlarning davlat organlariga boʻlgan ishonchini yanada oshirmoqda

Yangiqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi