Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Namangan viloyatida "Tengdosh-tengdoshga" tamoyili asosida, “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasiga start berildi.


Namangan viloyatida "Tengdosh-tengdoshga" tamoyili asosida, “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targ‘ibot aksiyasiga start berildi.  
  
Targ‘ibot tadbiri Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Is'hoqxon Toʻra Ibrat” nomidagi Davlat chet tillari Institutida tashkil etilib, tadbirni o‘tkazish uchun TDYUdan o‘qituvchi va talabalar hamda Namangan viloyati yuridik texnikumi  o‘quvchilari tashrif buyurdilar.  

Ular yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, mamalakatimizda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar,  qonunchilikda yoshlarga berilayotgan imtiyoz va kafolatlar hamda ona Vatanga muhabbat, sadoqat, mehr-muruvvat kabi tuyg‘ularni mustahkamlash bo‘yicha suhbat o‘tkazdilar.  
  
Tadbir davomida yoshlar bilan savol-javoblar o‘tkazilib, faol yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

https://t.me/namanganadliya/25888?single


Namangan viloyat adliya boshqarmasi